Oy: May 2018

Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Dehqonchilik
Ekish muddatlari. Erta mahsulot olish uchun bahorda dalaga yer yetilganda birinchi imkoniyat bo‘lishi bilan urug‘i sepiladi. Qishga saqlash maqsadida yetishtirish uchun iyunning birinchi yarmida ekiladi. Urug‘ tuproqqa 1-3 sm chuqurlikda ekiladi. Qator oralig‘i 25-30 sm bo‘ladi. 10 m2 ga urug‘ sarfi 1,5-5 gramm (1 gektarga 1,5-3 kg maxsus seyalkalarda ekilganida). 2-3 chinbarg holatida 1,5-4 sm chuqurligida chopiq qilinadi. 1m2 yerga hosil maqsadi hisobga olinib 50 dan 200 gacha o‘simlik bo‘lishi kerak. Urug‘ ekilganidan keyin qatqaloq hosil bo‘lishidan ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda nihollar nobud bo‘lishi mumkin. Sabzi ekilgan egatchalarga yupqa qilib go‘ng sepib qo‘yilishi qatqaloq paydo bo‘lishini oldini oladi. O‘tmishdoshlar. Eng yaxshi o‘tmishdoshlari bu ertaki kartoshk
Kungaboqar yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlar

Kungaboqar yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlar

Dehqonchilik
Tavsiya etiladigan navlar: SUR, Rodnik, Jahongir, Olato‘n, Samarqand oq kungaboqari. Urug‘lik tanlash va ekishga tayyorlash. Kungaboqar navlarining urug‘larini orginator tashkilotlardan urug‘lik sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan holda olish tavsiya etiladi. Mahalliy Olato‘n va Samarqand oq kungaboqarining urug‘larini, hosil pishib yetilgan davrda kungaboqar dalasida hosil savatlarining yirikligi, hosil savatidagi urug‘larning bir xilligi, kasallanmaganligi va boshqa belgilari bo‘yicha tanlab olinadi. Ushbu kungaboqarning hosil savatlari quruq va shabadali joyda quritiladi. Quritilgan urug‘lar hosil savatlaridan qoqib olinadi va o‘simlik qoldiqlari, puch urug‘lardan tozalanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yerni ekishga tayyorlash ishlari o‘tmishdosh o‘simliklarni qoldiqlarini
Yeryong‘oq qanday yetishtiriladi?

Yeryong‘oq qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Qibray–4, Lider, Mumtoz, Salomat va Toshkent–112. Yeryong‘oq urug‘ligini tanlash va ekishga tayyorlash. Qibray–4, Lider, Mumtoz navlarida dukkagida ikkita donli, Salomat va Toshkent–112 navlarida esa,  2-3 yirik donli bo‘lgan, po‘stlog‘i qoraymagan va mexanik zararlanmagan yeryong‘oqlar tanlab olinadi. Urug‘lik yeryong‘oqlar qo‘l mehnati yordamida chaqib ekishga tayyorlanadi. Qobig‘idan ajratib olingan yeryong‘oqlar urug‘ po‘stlog‘i yorilgan, mayda va to‘la shakllanmagan urug‘lardan tozalanadi. Tayyor bo‘lgan urug‘liklar 10-15 kilogrammlik mato qoplarda ekish vaqtigacha quruq va salqin xonalarda (qoplar yotqizilgan holatda) saqlanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yeryong‘oq ekiladigan maydon kuzda fosforli va kaliyli o‘g‘itlar berilib 25-30 sm chuq