Oy: Aprel 2018

Tarvuz o‘stirish agrotexnikasi

Tarvuz o‘stirish agrotexnikasi

Dehqonchilik
Tarvuz turli xil qumlik yerlarda eng yaxshi o‘sadigan poliz ekini hisoblanadi. Fuzarioz va boshqa patogenlar (kasallik qo‘zg‘atuvchilar) yerda paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida o‘simlikni almashlab ekilishiga rioya qilish kerak. Ya’ni tarvuzni yetishtirilgan yerga yana qayta 7-8 yilda bir ekish kerak. Yerning harorati 12-15oC ga yetganda 5-6 sm chuqurlikda tarvuz urug‘i ekiladi. Ekish sxemasi – 180…300x60x80 sm, ekish chuqurligi sug‘orish qiyin yerlarda 4-5 sm, sug‘oriladigan yerlarda 6-8 sm. Urug‘ sarflanishi 10 m2 ga 8000 – 11000 dona yoki gektariga 0,5 kg atrofida. Tarvuz ildizi tagiga 20-30 sm chuqurlikda organik o‘g‘it va mineral o‘g‘itlaridan 10 m2 ga (gektariga 20-30 kg): -ammiak selitra 300 gr., -superfosfat 300 gr., -kaliy tuzi 250 gr. beriladi. Organ
Limon daraxti gullari to‘kilib ketishining sababi nimada?

Limon daraxti gullari to‘kilib ketishining sababi nimada?

Bog‘dorchilik
Limon daraxti yil davomida bir necha (3-4) marta gullaydi. Asosiy hosil birinchi gullashdan (aprel-may oylarida) va ikkinchi gullashdan (iyun-iyul oylarida) olinadi. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra limon daraxti birinchi gullashda gullarning ko‘p qismini to‘kib yuboradi. Buning bir nechta sabablari bor. Masalan: daraxtlar qishki sovuqlardan, dim havodan yoki qorong‘ulikdan zararlangan vaziyatlarda meva qilmaydi. Barglarini ko‘p qismini to‘kib yuborgan daraxtlar bahorda yangi barg chiqarib, qiyg‘os gullaganda ham dastlabki gullashda mevalarni tutib qolmaydi. Bu vaziyatda daraxtlar yaxshi parvarish qilinganda ikkinchi va uchinchi gullashda hosillarni saqlab qoladi. Bundan tashqari daraxtlarning meva tugmasligiga oziq moddalarning yetishmasligi ham asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin.
Aykido navli qovun yetishtirish

Aykido navli qovun yetishtirish

Dehqonchilik
Galiya (Galia) – anchagina hosildor va mashhur sort turiga kiruvchi qovunlar masalan Aykido F1. Bu turdagi qovunlar shakli dumaloq oval bo‘lib, vazni o‘rtacha 1,5 kg atrofida. Yuzasi silliq hamda mayin to‘rli, pishganda rangi sariq bo‘ladi. Ichki etining rangi oqish yashil bo‘ladi. Urug‘ uyasi kichkina. Ushbu sort turi chiroyli ko‘rinishi, yuqori ta’m sifati, ertapisharligi, un shudring kasalligiga chidamliligi shuningdek, tashishga qulayligi bilan o‘ziga e’tibor qaratgan. Ushbu sort turlarining yangi duragaylari fuzarioz so‘lishiga genetik chidamli hisoblanadi. Yevropa, Gollandiya va O‘rta Osiyo issqixonalarida tarqalgan. Harorat. Qovun – issiqni yoqtiradigan ekin. Urug‘lari 15℃ issiqda 48 soat ichida unib chiqadi. Urug‘larni o‘sib chiqishi uchun optimal harorat 25-30℃ hisoblanadi. 40℃
Beda qandalasi zarari va unga qarshi kurash choralari

Beda qandalasi zarari va unga qarshi kurash choralari

Foydali ma’lumotlar
Markaziy Osiyoda so‘qir qandalalar oilasining 650 turi (170 avlodi) tarqalgan bo‘lib, ulardan 1% gina madaniy o‘simliklarga zarar keltiradi. O‘zbekistonda 13 turi uchraydi, ammo ulardan atigi ikki turi beda va dala qandalasi g‘o‘zada zarar yetkazadi. So‘qir qandalalar – tanasi kichik va o‘rta o‘lchamga ega bo‘lgan nozik hashoratlardir. Mo‘ylovlari boshlaridan uzun, to‘rt bo‘g‘imli, ikkinchi bo‘g‘imi birmuncha uzun, qolgan xalqasimon bo‘g‘imlari ingichkaroq ko‘rinishga ega. Oddiy ko‘zlari mavjud emas. Xartumchasi erkin joylashgan, to‘rt bo‘g‘imli. Elkasining oldingi qismi o‘rta qismiga nisbatan keng, uning old qirrasi to‘g‘ri yoki biroz o‘yiqlari bor. Ikki juft qanotlari, ba’zi bir xolatlarni hisobga olmaganda, yaxshi rivojlangan. Panjalari uch bo‘g‘imli, tirnoqlarining o‘simtalari bor.
Aholi xonadonlarida asalari oilasi boqish bo‘yicha tavsiyalar

Aholi xonadonlarida asalari oilasi boqish bo‘yicha tavsiyalar

Asalarichilik
Aholi xonadonlarida asalari oilasi boqish bo‘yicha tavsiyalar   Asalari bejiz yetti xazinaning biri, deb hisoblanmaydi. Haqiqatan ham bu foydali hasharotning foydasi juda katta. Uning asali, zahri, suti propolisi, gulchangi ko‘pgina xastaliklarga davo. Shuningdek, uning mumi sanoatimizda muhim xomashyo hisoblanadi. Asalarilar o‘simlik gulini chetdan changlantirishi natijasida, ularning turlarini sog‘lomlashtirish va yuqori mahsuldor navlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi va ularning hosilini ma’lum darajada oshiradi. Asalari oilasi. Asalarilarning o‘rtacha oilasi 50–80 ming ishchi asalari, yuzlarcha erkak asalari va bitta ona asalaridan tashkil topadi. Shu bilan bir vaqtda, oilada tuxum, lichinka va g‘umbaklar ham bo‘ladi. Uyaning ko‘p qismini ishchi asalarilar t
Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Yangiliklar
  Baliqchilik tarmog‘i oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli mamlakat iqtisodiyotining tarkibida baliqchilik ulushi izchil ortib bormoqda. Shu bilan birga, baliqchilik tarmog‘ida hanuzgacha ko‘plab kamchilik va muammolar saqlanib qolmoqda, ularni samarali hal etish ishchanlik faolligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish, baliq yetishtirish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning
Tomorqada bodring yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Tomorqada bodring yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Ranniy – 645, O‘zbekiston – 740, Zilol, Parad, Konkurent, Navro‘z, Omad, Talaba va Gollandiya F1 duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina. Urug‘ tanlash. Ekiladigan bodring urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor, zararlanmagan bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan iliq suvda 1–2 soat ivitib qo‘yiladi Yer tayyorlash. Dastlab maydon o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda 1 sotix maydonga fosforning 75, kaliyning ham 75 foizi beriladi. Bu ko‘rsatkich 1,6 kg ammofos, 1,2 kg kali
Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasligini qanday bilish mumkin?

Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasligini qanday bilish mumkin?

Bog‘dorchilik
Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasa uning o‘sishida va rivojlanishida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kuzatiladi: Azot yoki fosfor yetishmaganda – barglarning barchasi och-yashil yoki sarg‘ish-yashil tus oladi, daraxt o‘sishi sekinlashadi, hosil kamayadi. Azot yetishmasligi geografik tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Kaliy yetishmaganda – mevalar kichik, ularning qobig‘i yupka va g‘ayrioddiy silliq bo‘lib qoladi. Kaltsiy yetishmaganda – boshqa tashqi belgilar mavjud bo‘lmagan holda, daraxt o‘sishi juda sekinlashadi va hosil kamayadi. Mis yetishmaganda – yosh novdalar keragidan ortiq uzayib, barglar kattalashib ketadi; poyada yelim hosil bo‘lishi va novdalar uchidan boshlab nobud bo‘lishi mumkin. Kasalliklarga qarshi ekinga tarkibida mis bo‘lgan fungitsi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga yer ajratilishi to‘g‘risida – VM qarori qabul qilindi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga yer ajratilishi to‘g‘risida – VM qarori qabul qilindi

Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №258-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan bir qator kamchiliklar va muammolar batafsil sanab o‘tilgan. Qarorga ko‘ra, yer sharoiti va suv ta’minoti og‘ir, past rentabelli, oxirgi uch yilda paxta hosildorligi 15 sentnerdan kam bo‘lgan, paxta va g‘alla joylashtirilmaydigan maydonlar ko‘rsatkichi tasdiqlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda asosiy maydonlarga, bog‘ va tok qator oralariga hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonl
Pomidor yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Pomidor yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Do‘stlik, Saxiy, Shafaq, Sevara, o‘rta-ertapishar Toshkent tongi, o‘rtapishar TMK-22, O‘zbekiston – 178, Surxon – 142, Bahodir, Sharq yulduzi, Sitora, Istiqlol – 10, Avisenna, kechpishar Namuna – 70, Doni 2000. Ko‘chat tanlash. Pomidor ko‘chatlari 40-45 kunlik, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari to‘q yashil tusda, sog‘lom bo‘lishi lozim. Yer tayyorlash. Pomidor ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanadi, hosildan bo‘shagan maydondagi yirik o‘simliklar qoldiqlaridan tozalanib, mahalliy o‘g‘it sochib chiqiladi. Berilishi lozim bo‘lgan madaniy o‘g‘itlar miqdorini bir qismi qo‘lda sochib chiqilib, keyin maydon 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ekishga tayyorlashni keyingi tadbirlari ekishdan