Oy: Mart 2018

Baqlajon yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Baqlajon yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Avrora, Zamin F1, Feruz. Urugʻ tanlash. Ekiladigan urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, sinmagan, vazndor boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Urugʻ sepiladigan maydonlar oʻtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotixga 150-200 kg (10 sotixga 1,5-2 t) chirigan goʻng solinadi. Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʻorish egatlari olinadi. Ekish muddati. Urugʻlar qoʻlda sepiladi. Sepilgandan urugʻlar xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Baqlajon koʻchatlarini janubiy viloyatlarda martning 3-oʻn kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda aprelning 2-3 oʻn kunligida v
Ertagi ekinlarni ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Ertagi ekinlarni ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ertagi sabzavotlarning bir qismini dastlabki oʻsuv davrida shaffof plyonka ostida parvarishlash nihollarning barvaqt paydo boʻlishi va hosili oddiy usulga nisbatan kamida 15-20 kun barvaqt pishib yetilishini taʼminlaydi. Shu bilan birga, plyonkadan foydalanilganda kechikib ekilgan sabzavotlarning rivojini jadallashtirishga imkon beradi. Koʻchati orqali koʻp yetishtiriladigan issiqsevar sabzavotlardan pomidor, shirin qalampir, baqlajon ekinlarini koʻchat qilish ishlari koʻchatxonalarda davom ettiriladi. Nihollar 2-3 barg chiqarganda orasi 5x6 sm qilib koʻchirib oʻtqaziladi. Koʻchirib oʻtqazilgan koʻchatlar 10-12 kundan soʻng birinchi oziqlantiriladi. Bunda 10 l suvda 5 g ammoniy sulfat yoki karbamid, 40 g superfosfat yoki ammofos va 10 g kaliy oʻgʻitlari eritilib, barg ustidan beriladi.
Bogʻlardagi bahorgi yumushlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar

Bogʻlardagi bahorgi yumushlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar

Foydali maʼlumotlar
Hosilli bogʻ va tokzorlarni erta bahorda (mart oyi boshlarida) oziqlantirish zarur boʻlib, bunda sof holda 120 kg/ga azotli, 90 kg/ga fosforli, 30-45 kg kaliyli oʻgʻitlarni 20-25 sm chuqurlikka solish kerak. Tuproq unumdorligi past boʻlgan bogʻlarda ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida ushbu meʼyor 20-30 foizga oshiriladi. Mineral oʻgʻitlar organik oʻgʻitlar bilan birgalikda berilsa, samarasi ancha oshadi. Yogʻingarchilikning kam kuzatilishi, tuproqda namlikning yetarli darajada boʻlmasligi mevali daraxtlarning yaxshi oʻsib-rivojlanishiga, mevalari toʻliq shakllanmay, mayda boʻlib qolishiga sabab boʻladi. Shu bois bahorning ilk kunlarida bogʻ-tokzorlarga albatta yaxob suvi berish zarur. Bunda bogʻlar 1500-2000 m3/ga, tokzorlar 1200-1500 m3/ga meʼyordagi suv bilan 3-4 kun davomida s
Achchiq qalampir yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Achchiq qalampir yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Margʻilon–330, Pikantniy, Uchqun, Tillarang, Mumtoz, Said. Koʻchat tanlash. Ekiladigan achchiq qalampir koʻchatlari 40-45 kunlik, 8-10 bargli, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari toʻq yashil tusda, sogʻlom boʻlishi lozim. Yer tayyorlash. Achchiq qalampir ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan boʻshagan maydondagi oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalanib, mahalliy oʻgʻit sochib chiqiladi. Berilishi lozim boʻlgan mineral oʻgʻitlar miqdorining bir qismi qoʻlda sochilgach, maydon 28-30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ekishga tayyorlashni keyingi tadbirlari ekishdan oldin bajarilib, maydonlar 14-16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib, bir yoʻla yer tekislab olinad
Pista qachon moʻl hosil beradi?

Pista qachon moʻl hosil beradi?

Bogʻdorchilik
Uzun tumanidagi Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi yerlarida 30 ming gektarda pista plantatsiyalari tashkil etiladi. Uning 2,5 ming gektari joriy yilda, qolgani 2020 yilgacha tayyor boʻladi. 2 ming ish oʻrni yaratiladi.  Qayd etish joizki, Surxondaryo viloyatining togʻ va togʻ oldi hududlarida foydalanilmaydigan yer maydonlarida har yili oʻrtacha 350 gektargacha pistazorlar barpo etishga moʻljallanmoqda. Shu kunlarda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Bobotogʻda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va FAO bilan birga amalga oshirayotgan loyihalari doirasida pistachilikni rivojlantirish, mavjud pista daraxtlarini hosildorligini oshirish va payvand qilish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazmoqda. Mazkur seminarda oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashgan Turkiyaning Gaziantep pistachilik insti
Prezident qarori bilan ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar soliqlardan ozod etildi

Prezident qarori bilan ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar soliqlardan ozod etildi

Yangiliklar
Pillachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Qaror bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi muassisligida muassasa shaklida qayta tashkil etilib, uning moliyalashtirish manbalari belgilab berildi. “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga tekin foydalanish huquqi asosida oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga foydalanish uchun berildi. Tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar yer soligʻi, mulk soligʻi, yagona yer soligʻi
Anor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Anor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Bogʻdorchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan anor navlari: Qizil anor, Achchiq dona, Qozoqi anor, Tuyatish, Ulfi, Desertniy va h.k. Koʻchatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Koʻchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonini yaxshi tekislanadi, soʻng yerga yetarli miqdorda – goʻng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli oʻgʻitlarni solib, chuqur haydaladi. Anorni ekish sxemasi – 4×2 m, koʻchatlarni ekish mart oyi davomida amalga oshiriladi. Koʻchat ekish uchun chuqurligi va kengligi 50×50 sm boʻlgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami oʻraning bir tomoniga olib, qolgan qismi ikkinchi tomoniga olib qoʻyiladi. Koʻchatni ekishdan oldin tayyorlab qoʻyilgan shaltoqqa (yangi mol goʻngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoqsimon massa tayy
Qovun yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Qovun yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – Rohat, oʻrtapishar – Suyunchi – 2, Oltin vodiy, Lazzatli, Oltintepa, Kichkintoy, Obi novvot, Gurvak, Boʻrikalla, kechpishar – Toʻyona, Gurlan, Amudaryo, Gulobi Xorazmiy, Zar gulobi, Saxovat, Umrboqiy, Beshak. Urugʻ tanlash. Ekiladigan qovun urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʻrtacha kattalikda, butun boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Yer kuzda 35 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan maʼdan va organik oʻgʻitlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Qovun erta muddatlarda ekilganda yerni bahorda qayta shudgorlashning hojati yoʻq. Ekinlar kechki muddatlarda ek
Tarvuz yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Tarvuz yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – Oʻrinboy, Manzur, Chillaki F1, Krisbi F1, Krimstar F1 va oʻrta-ertapishar – Surxon tongi, Dilnoz, Sharq neʼmati, kechpishar – Hayit qora, Qoʻziboy. Urugʻ tanlash. Ekiladigan tarvuz urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʻrtacha kattalikda, butun boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Polizchilikda yerni ekishga tayyorlash keyingi barcha texnologik chora-tadbirlarni yaxshi naf berishini taʼminlovchi muhim omildir. Kuzda yer 35-40 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan mineral va organik oʻgʻitlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Tarvuz erta muddatlarda ekilganda y
Qishloq xoʻjaligidagi ishlar natijadorligi muhokama qilindi

Qishloq xoʻjaligidagi ishlar natijadorligi muhokama qilindi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 mart kuni qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ishlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi. Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ekinlardan moʻl va sifatli hosil olish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnika va agregatlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yigʻilishda yuqori hosildorlikka erishishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish muhimligi q