Oy: Yanvar 2018

Hukumat achchiq qalampir yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha qaror qabul qildi

Hukumat achchiq qalampir yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha qaror qabul qildi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi. Qarorga asosan qishloq xoʻjaligi ekinlari tarkibini diversifikatsiya qilish, fermer va dehqon xoʻjaliklari daromadini oshirish hamda eksport hajmlarini koʻpaytirish maqsadida xorijiy tajriba asosida achchiq qalampir yetishtirilishi yoʻlga qoʻyiladi. Shu maqsadda yuqori hosilli qalampir urugʻlari xorijdan, shu jumladan Indoneziya Respublikasidan olib kelinadi. Hujjatda qayd etilishicha, 2018 yilda Respublika boʻyicha jami 17117 gektar maydon, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarida qalampir ekilib, undan jami 207015 tonna hosil
Asalarining Yevropa chirish kasalligi qanday tarqaladi

Asalarining Yevropa chirish kasalligi qanday tarqaladi

Asalarichilik
Yevropa chirishi yuqumli kasallik boʻlib, avvalo, ochiq soʻngra yopiq naslda boʻladi. Kasallik asosan, asalarining tuxumdan chiqqan naslini shikastlantiradi. Erkak ari naslini kamroq zararlantiradi. Kasallanish lichinkalar tuxumdan chiqqandan keyin 3-4 kuni boshlanadi. Kasallikning kelib chiqishiga havoning bulutli, namli boʻlishi, arixonaning sovuqda qolishi, oziqning yetarli boʻlmasligi va shunga oʻxshash asalari oilasini kuchsizlantiradigan omillar sabab boʻladi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchi streptokokklar pergada butun qish davomida saqlanib qolishi mumkin. Mum inlar va asalda esa butun yil mobaynida saqlanadi. Odatda, mum inlarni eritib olish vaqtida streptokokklar halok boʻladi. Dezinfeksiya qiladigan vositalar streptokokklarni boʻgʻadi, jumladan formalin bugʻi 30 daqiqadan keyin, 4%
Xaltali urchish kasalligi va uni davolash

Xaltali urchish kasalligi va uni davolash

Asalarichilik
Kasallikning kechishi. Kasallikni har qanday juda mayda filtrdan oʻta oladigan virus tarqatib, lichinkalarni zararlaydi. Kasallikning inkubatsion davri 6 kun. Lichinkalar gʻumbakka aylanishi oldidan yoki keyin kasallanadi. Bu kasallik yevropa chirishi kasalligi kabi bahorda paydo boʻlib, yozning birinchi yarmida kuchayadi va avgustning oxirigacha davom etishi mumkin. Ayniqsa, uya sovuqda qolsa va oziqa yetarli boʻlmagan vaqtda kasallik zoʻrayadi. Kasallik belgilari. Yuqumli bakterial va virus kasalliklari singari xaltali urchish bilan kasallangan nasl ham ola-bula rangli boʻladi. Chunki bir inda sogʻ, kasal, nobud boʻlgan lichinkalar mavjudligi uchun shu kataklar har xil rangda boʻladi. Xaltali urchish kasalligi bilan kasallanib nobud boʻlgan lichinkalar mavjudligi uchun shu kataklar
Osh lavlagini toʻqsonbosti usulida yetishtirish

Osh lavlagini toʻqsonbosti usulida yetishtirish

Dehqonchilik
Osh lavlagining mahalliy Diyor, Yagona va xorijdan keltiriladigan navlaridan Bordo-237, Bikores, Boro F1, Detroyt, Pablo F1 duragaylari tavsiya etiladi. Ushbu navlardan gektaridan oʻrtacha 220-230 s hosil olinadi. Lavlagi urugʻlari 4-5˚C haroratda unib chiqa boshlaydi, oʻsib-rivojlanib borishi uchun eng qulay harorat 20-25˚C dir. Lavlagi sovuq (-2-3˚C) va yuqori harorat taʼsiriga chidamli boʻladi, tuproqda nam yetarli darajada boʻlganda yuqori hosil beradi. Toʻqsonbosti usulida ekish muddati janubiy viloyatlarida 15-30 dekabr, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 10-noyabrdan 10-dekabrga qadar va shimoliy mintaqalarda 1-noyabrdan 10-dekabrga qadar ekiladi. Urugʻ sarfi toʻqsonbosti usulida ekishda 16-8 kg. Ekish egatlari 60-70 sm boʻlib, 2-3 qatorli, oʻsimlik oralari 8-10 sm. Ur
Nok parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Nok parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Bogʻdorchilik, Foydali maʼlumotlar
Ekish uchun tavsiya etiladigan nok navlari: Vilyams, Lesnaya Krasavisa, Lyubimisa Klappa, Olive de Serr, Podarok, Starkrimson va boshqalar. Koʻchatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Koʻchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6–10 kg goʻng (chirindi), 200–250 g fosfor, 100–120 g kaliy va 150–200 g ammoniyli azot oʻgʻiti solinib, chuqur (25–30 sm) haydaladi. Nokni payvandtaglariga qarab ekish sxemasi oʻzgaradi: kuchli oʻsuvchi payvandtagda – 6×5 m (sugʻoriladigan boʻz tuproqlarda) va 5×5 m (shagʻalli-qumli tuproqlarda), oʻrta boʻyli payvandtagda 5×4 m, past boʻyli payvandtagda – 3×2,5 m (3 m – koʻchat qatorlari orasidagi masofa, 2,5 m – koʻchatlar orasidagi masofa). Olma koʻchatlarin
Changlanish mevalar hosili uchun qanchalik muhim?

Changlanish mevalar hosili uchun qanchalik muhim?

Bogʻdorchilik, Foydali maʼlumotlar
Aksariyat meva daraxtlari chetdan changlatilishi lozim. Changlatilmasa, daraxtlarda juda koʻp gul hosil boʻlishi mumkin, lekin meva boʻlmaydi. Changlantiruvchi bu changlanayotgan daraxt bilan bir vaqtda gullaydigan boʻlsa, navli shox yoki daraxt hisoblanadi. Changlantiruvchi daraxt gulchangini, odatda, asalarilar ikkinchi navdagi daraxt guliga olib oʻtadi. Koʻplab meva daraxtlari “mukammal” gulga ega: bitta gulda “chang”ga ega gulchangchi, va urugʻkurtak (mevaga aylanadi) joylashadi. Oʻzini-oʻzi changlatib, tashqaridan changlantiruvchi nav talab etmaydigan meva hosil qiluvchi daraxtlar “gulchangi bilan changlanuvchi” deyiladi. Shunga qaramasdan, mukammal gulga ega koʻplab mevali daraxtlar oʻzlarining gulchangidan meva hosil qila olmaydilar. Bular boshqa navdagi daraxtdan gulchang talab
Tomorqada bodring yetishtirish

Tomorqada bodring yetishtirish

Dehqonchilik
Joy tanlash. Bodring ekish uchun tomorqa maydonining sugʻorishga qulay, shimoldan va sharqdan esuvchi shamollardan panaroq joylari tanlanadi. Ochiqlikdagi maydonlar chetiga taxta qoʻralar, devorlar, daraxtlar yoki makkajoʻxori va kungaboqar kabi baland oʻsuvchi oʻsimliklar ekilib, shamoldan pana qilinadi. Tuproqqa ishlov berish va oʻgʻitlash. Tuproqqa ishlov berish tizimi oʻsimlikning oʻsishi va hosildorligini doimo oshirib borish uchun maqbul shart-sharoit yaratishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Yangi joyda yerni yaxshilab oʻzlashtirish va keyingi yilgi ekish uchun yerni tayyorlash lozim. Yozda maydon chuqurligi 8-10 sm qilib yumshatiladi, kesaklari maydalanadi. Kuzda tuproq 22-25 sm chuqurlikda qayta chopiladi. Tuproqning texnik holati, uning hosildorligidan kelib chiqib 12-15 kg
Oʻzbekiston meva-sabzavot eksporti texnologik raqamli logistikaga ega boʻldi

Oʻzbekiston meva-sabzavot eksporti texnologik raqamli logistikaga ega boʻldi

Yangiliklar
2018 yil 17-yanvar kunidan,“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan yaratilgan, mutlaqo yangi andozadagi, www.uzagrotorg.com internet-maydoni sinov tarzidagi faoliyatini boshladi. Yangi onlayn-maydon, avvalambor, Rossiya Federatsiyasining shahar axolisi 1 milliondan ortiq boʻlgan 15 ta hududidagi ulgurji bozorlarda mavjud meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmi va narx-navosi haqidagi toʻliq maʼlumotlarni taqdim etishga moʻljallangan. “Oʻzbekoziqovqatxolding”ning ushbu internet-sayti – eksportchi korxonalar va bozorlar oʻrtasidagi bogʻlovchi vazifani oʻtab berish bilan bir qatorda butun mavsum davomida meva-sabzabotlarni yetkazib berishda yechimini topadi. Eksport mavsumida mahsulotlar ortishi rejasizligi oqibatida meva sabzavot mahsulotlarning keskin koʻpayishi va tushib
2018-yilda yetishtiriladigan gilos hosili uchun xarid boshlandi

2018-yilda yetishtiriladigan gilos hosili uchun xarid boshlandi

Bogʻdorchilik, Yangiliklar
“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi “Uzagro” brendi ostida gilos xaridi narxlarini eʼlon qildi. Yurtimiz gilos eksporti bilan shugʻullanuvchi dunyoning kamdan kam mamlakatlari sarasiga kiradi. Oʻzbekiston gilos mevasini eksport qilish hajmi boʻyicha jahonda 5-oʻrinda bormoqda. Ushbu koʻrsatkich bir qarashda yuqori koʻrinsada, Oʻzbekiston imkoniyati va salohiyati boʻyicha dunyoda gilos eksporti yetakchisiga aylanish qudratiga ega. “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi oʻzbek gilos mevasi eksportida peshqadamlikni qoʻlga kiritish uchun astoydil bel bogʻlagan. Bizning ekologik toza, foydali xususiyatlarga ega boʻlgan gilosimizni bir bor boʻlsada taʼtib koʻrishni istagan mamlakatlar son-sanoqsiz. Ularning bu istagi qondirilishi bizning eksport salohiyatimizni oshiradi. Shu maqsadda
Gerbisidlar sabzi va piyozni quritib qoʻyadimi?

Gerbisidlar sabzi va piyozni quritib qoʻyadimi?

Foydali maʼlumotlar
Begona oʻtlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy dorivorlar gerbisidlar deb ataladi. (Gerbisid lotinchada lierbum herbi – oʻsimlik, cida – oʻldiraman soʻzlaridan olingan, yaʼni oʻsimlikni oʻldirish, quritish demakdir). Gerbisidlarni sepish, changlash, purkash yoki tuproqqa aralashtirish bilan begona oʻtlarni yoʻqotish mumkin. Gerbisidlar kimyoviy tarkibi va oʻsimliklarga taʼsir qilish xususiyatiga koʻra bir-biridan keskin farq qiladi. Ular kimyoviy tarkibiga koʻra anorganik va organik gerbisidlarga boʻlinishi. Anorganik gerbisidlar ammoniy sulfat, kalsiy xlorat, kaliy sianamid va boshqalar. Organik gerbisidlar (organik kislotalar, fenol, mochevina) fenol, fiziologik jihatdan eng faol hisoblanadi. Oʻsimliklarga taʼsir qilish xususiyatiga koʻra gerbisidlar yoppasiga taʼsir qiluvchi va ta