Oy: Dekabr 2017

Prezident fermerchilikda ilmning roliga eʼtibor qaratdi

Prezident fermerchilikda ilmning roliga eʼtibor qaratdi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Respublika qishloq xoʻjaligi xodimlari kuniga bagʻishlangan bayram tadbirida soʻzga chiqib, fermerchilikda ilmning tutgan oʻrni va bu borada chet davlatlarining tajribalariga eʼtibor qaratdi. “Muhtaram Janubiy Koreya prezidenti bizni juda katta bagʻrikenglik bilan kutib oldilar. Biz hamma masalalarni kelishib oldik. 20 nafar fermer borib oʻrganib kelsa boʻlmaydimi ilm, bilim nima degani?! Xitoyga boryapmiz. Xitoy 1 gektar yerdan necha sentner paxta olyapti? Indoneziya baliqdan qancha olyapti? Malayziya qancha meva-sabzavot eksport qilyapti? Ularda bunday yerlar bormi? Turkiyada qanday harakatlar boʻlyapti? Toshliqda bogʻ ekib, butun Yevropani toʻldirib beryapti! Bizda Jizzax, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatida qancha-qancha adirlar bor.
Asalarilarni qishga qanday tayyorlash kerak?

Asalarilarni qishga qanday tayyorlash kerak?

Asalarichilik
Ona ari kuzga kelib arixonaning eng soʻngi nasli-lichinkalar joylashgan yerda, yaʼni koʻpincha arilar kirib-chiqadigan teshikka qarshi joyda yotadi. Shuning uchun oktabr oyida arixonaning markazida joylashgan kam asalli romlarni nasl chiqqandan soʻng 1,5-2 kg asalli quruq romlar bilan almashtirish kerak. Aks holda asalarilar toʻpi boʻlinib, tarqalib ketadi yoki rom bir tomonga ogʻib ketib ular nobud boʻladi. Oktabr oyining oxiriga borib, pastki teshik 4-5 ta asalari kirib-chiqadigan qilib kichraytiriladi, sovuq tushganda esa butunlay yopiladi, ustki teshik esa 2-3 ta ari kirib-chiqadigan qilib qoʻyiladi. Kuchsiz oilalarda pastki teshik 2-3 ari kirib-chiqadigan qilib ochiq qoldiriladi, ustki teshik butunlay yopiladi. Chunki yuqori teshik ochiq qoldirilganda, kuchsiz oilalar arixonada
Koʻk pomidordan murabbo tayyorlash mumkinmi?

Koʻk pomidordan murabbo tayyorlash mumkinmi?

Foydali maʼlumotlar
Koʻk pomidordan murabbo tayyorlash uchun uncha katta boʻlmagan ovalsimon (tuxumsimon, choʻziq, yassi) goʻshtli pomidorlar tanlab olinib, yaxshilab yuviladi. Ehtiyotkorlik bilan kichik qoshiqcha yordamida urugʻidan tozalanadi va 2-3 minut davomida qaynoq suvda ushlanadi. Pomidorga sirop (1 kg pomidorga 2 g) quyiladi va vanilin yoki limonli sharbat va mayda qilib toʻgʻralgan sedra (limon yoki apelsin qobigʻi va shu qobiqdan tayyorlangan ziravor) quyiladi. Tayyor boʻlgan qiyomni toza, quruq shisha idishga solib, qogʻoz bilan zich berkitib, quruq va salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.   Qizil pomidordan murabbo tayyorlash   Avval 1 kg pomidorga 1 kg shakar solib va ustiga 1 stakan suv quyib, qaynatib sirop tayyorlanadi. Qaynab turgan suvga ehtiyotkorlik bilan albatta
Olxoʻridan marinad olish

Olxoʻridan marinad olish

Foydali maʼlumotlar
5 kg yuvilgan olxoʻri kastryulga solinadi, ustiga 2,5-5 kg shakar sepiladi. Ertasiga spirtli ishqorning suvli eritmasi (1 stakan uksusga 2 stakan suv) meva ustiga quyiladi, ozroq doka qopchaga solingan gvozdika qoʻshiladi va gazli isitgichga qoʻyiladi. Pishirish pastroq olovda amalga oshiriladi, tepasi kuyib ketmasligi uchun vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Sharbat quyuqlashib, olxoʻri bujmaya boshlagandan soʻng gaz isitkichdan olinadi va sovitiladi. Olxoʻri toza shisha idishlarga solinadi va oʻzida hosil boʻlgan sharbat tozalanib ustiga quyiladi. Tayyor boʻlgan mahsulot xona haroratida uzoq vaqt saqlanishi mumkin.   Tayyor olxoʻrini xoʻllab yangi mahsulot tayyorlash   Tayyor olxoʻridan uzoq turadigan mahsulot olishda uning “Vengerka” va “Moskva” kabi navla
“Ona yer yoshlar qoʻlida” shiori ostida Oʻzbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi oʻtkazildi.

“Ona yer yoshlar qoʻlida” shiori ostida Oʻzbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi oʻtkazildi.

Yangiliklar
Joriy yilning 25-noyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamkorligida “Ona yer yoshlar qoʻlida” shiori ostida Oʻzbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi oʻtkazildi. Forumdan koʻzlangan asosiy maqsad, yosh fermerlarni birlashtirgan holda ularning oʻzaro hamkorligini kuchaytirish, tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, yosh fermerlarning erishgan yutuqlarini ommalashtirish, ular faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish va yechimi yuzasidan aniq maqsadli tadbirlar belgilash, yutuqlarga erishgan ilgʻor fermerlarning tajribasi bilan tanishtirishdan iborat boʻldi. Ayni paytda mamlakatimizda 160 mingdan ortiq fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 5
Qishlovga qoldirilgan oziq asalning asalarilar mahsuldorligiga taʼsiri qanday?

Qishlovga qoldirilgan oziq asalning asalarilar mahsuldorligiga taʼsiri qanday?

Asalarichilik
Barcha hududlarda asalarilar erkin qishlaydi. Har bir asosiy oilaga normadagi 18 kg oʻrniga 7-9 kg asal qoldiriladi. Arixonada eng koʻp oziq zaxirasi boʻlgan oilalar bir mavsumda eng koʻp miqdorda asal yigʻadi. Oilaning sentabr oyidan fevral oyiga qadar boʻlgan davrdagi taxminiy oziq sarfi bir sutkada 40-50 g (oyiga 1,2-1,5 kg), fevral oyida 100-200 g (oyiga 2,8-4,2 kg), mart oyida 200-250 g (oyiga 6,2-7,8 kg), aprel oyida 400-500 g (oyiga 15 kg) ni tashkil etadi. Bir mavsumda yigʻilgan asalning ortiqchasi (kuchli oilalarda asal koʻp yigʻiladi) don solinadigan qutilarda saqlanadi. Oziqning sifati asalarilarning yaxshi qishlashida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Tog` sharoitida har xil oʻsimliklar gulidan yigʻilgan asal, bir xil oʻsimliklar – paxta, oqquray, beda gulidan yigʻilgan asalga nisb
Yangi asalari uyasi qachon olinadi?

Yangi asalari uyasi qachon olinadi?

Asalarichilik
Respublikamizning togʻ sharoitida ona asalarilar 6-7 oy, ekiladigan hududlarda 9 oyda tuxum qoʻyadi (yanvardan oktabr-noyabr oylarigacha). Togʻlarda asalarichilar ona arini uchinchi mavsumda, paxtachilik hududlarida esa har yili almashtiradilar. Ona arilar shuncha tez qariydiki, hatto ikkinchi mavsumda ularning tuxum qoʻyish qobiliyati 12-36 foizgacha pasayadi. Yaxshi qishlamagan taqdirda ularning koʻpi nobud boʻladi. Erta bahorda ona arilarga talab juda katta boʻladi. Faqat Markaziy Osiyoning oʻzida almashtirish uchun 200 mingdan koʻproq ona ari kerak. Bundan tashqari, tabiiy asalga boy oʻsimliklar koʻp boʻlgan Rossiyaning Markaziy hamda Shimoliy hududlarida ham ona ari va paketdagi asalarilarga talab katta. Maʼlumki sharoit qulay boʻlganda asalari oilalarining maxsuldorligi oilanin
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi

Yangiliklar
Joriy yilning 29 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligidagi Yetakchilar Kengashining taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik tizimidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi masʼul xodimlari, iqtidorli yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Quronboyev va boshqalar mamlakatimiz Prezidenti Sh.