Oy: Dekabr 2017

Asalarining “Nozematoz” kasalligini davolash yoʻllari

Asalarining “Nozematoz” kasalligini davolash yoʻllari

Asalarichilik
Nozematoz bilan kasallangan asalarilarni davolash uchun fumagillin organik kislotalar (sirka va shovul)  shovul yoki rovochdan foydalaniladi. Fumagillinni davolash sharbati holida bir oilaga 1 litr hisobida tayyorlanadi. 1 g fumagillin 4 ml xloroformda  va ustiga 10 ml spirt quyiladi bu eritmani 30˚C gacha sovitilgan qand sharbatiga aralashtirib asalarilar oziqlantiriladi. Uyalar qishki binodan tashqariga chiqarilganda fumagillin bilan davolash tavsiya etiladi. Uni bir oilaga 1 litr hisobida oxurlarga har 7 kunda 1 martadan, hammasi boʻlib 4 marta beriladi. Fumagillin nozema sporalarini oʻldirmaydi, faqat ularning rivojlanishini toʻxtatadi, shunday boʻlsa ham undan foydalanish nozematozning rivojlanishini toʻxtatib, asalarilar oilasi kuchsizlanishining oldini oladi va ularning normal ri
Nozematoz – asalarining qanday kasalligi?

Nozematoz – asalarining qanday kasalligi?

Asalarichilik
Nozematoz asalarilarning yuqumli kasalligi boʻlib, uni apis nozemasi qoʻzgʻatadi. Nozematoz bilan yetuk asalarilar kasallanadi, lichinkalarga bu kasallik taʼsir qilmaydi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchi – nozema apis bir xujayrali organism boʻlib, asalarining oʻrta ichagida parazitlik qiladi. Bu yerga u zararlangan oziq bilan tushadi. Nozema sporalar hosil qilib, ularning oʻsishi natijasida amyobulalar chiqadi. Amyobulalar oʻrta ichak xujayralariga kirib merontalarga aylanadi. Merontalar ichak toʻqimasining xujayralarida sporablastlar hosil qiladi. Bularning har biri bittadan spora hosil qiladi. Spora (parazit) lar koʻpayish natijasida yemirilgan toʻqima xujayralari bilan oʻrta ichak teshigiga oʻtadi, u yerdan oziqa massasi bilan birga yoʻgʻon ichakka siljiydi va axlat bilan birga tashqariga c
Oʻrgimchakkana bodring uchun havflimi?

Oʻrgimchakkana bodring uchun havflimi?

Dehqonchilik
Oʻrgimchakkana bodring uchun eng havfli zararkunanda hisoblanadi. Bu zararkunandaning lichinkalari bodring bargining pastki tomoniga joylashib oladi, ammo juda koʻpayib ketganida oʻsimlik shoxlarida ham oʻzining ingichka toʻrini yoyadi. Dastlab barg nish urgan joyda mayda och koʻk nuqtalar paydo boʻladi, soʻng barglarni sariq dogʻlar qoplay boshlaydi, oqibatda barg toʻqimalari qurib, butkul sargʻayib nobud boʻladi. Ayniqsa tor plyonkali pana joylarda va issiqxonalarda oʻsimlikka koʻp zarar keltiradi. Havoning nisbiy namligi 80% dan yuqori boʻlishi oʻrgimchakkanalarning rivojlanishi uchun noxush sharoit hisoblanadi. Shuning uchun bu zararkunandaning yalpi koʻpayishi yilning issiq davrida harorat 25-30˚C daraja va havoning namligi past darajada boʻlganida avj oladi. Unga qarshi kura
Mevali daraxtlarga shakl berishda qanday shoxlarni kesish kerak?

Mevali daraxtlarga shakl berishda qanday shoxlarni kesish kerak?

Bogʻdorchilik
Har qanday mevali daraxtga shakl berishdan oldin, ularni meva qilish xususiyatlarini oʻrganish lozim. Qaysi shox mevali shox, qaysi shox oʻsuvchi shox ekanligini bilmasdan avval, shakl berish va kesish ishlarini amalga oshirib boʻlmaydi. Shaftoli bir yoshli novdalarda meva qiladi va uning shoxlari koʻp oʻsganligi sababli har yili 50 % ga yaqin yangi oʻsgan novdalar kesib tashlanadi. Anjir, yongʻoq, bodom, gilos, xurmo, olma, nok, olxoʻri va oʻrik daraxtlari 2 yoki 3 yillik mevali shoxchalarda asosiy mevani beradi. Shu sababli, yangi oʻsib chiqqan novdalarning 10-20% ga yaqini har yili kesilishi kerak. Urugʻli va danakli meva daraxtlarining meva berish xususiyatlari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotga ega boʻlish orqali, nega ular ikki xil usulda kesilishini tushunib olish mumkin. Shaftol
Yongʻoqni qanday tuproqqa ekkan maʼqul?

Yongʻoqni qanday tuproqqa ekkan maʼqul?

Bogʻdorchilik
Yongʻoq koʻchatlarini kech kuzda qishki sovuqlar tushishidan oldin ekish yaxshi natija beradi. Chunki bu koʻchatlarning ildizi tuproq bilan yaxshi birikib, bahor kelishi bilan oson va yaxshi koʻkaradi. Bahorgi ekish ishlarini esa ertaroq bajargan maʼqul hisoblanadi. Yongʻoq respublikmizning deyarli barcha hududlarida oʻstiriladi. Yongʻoqning ildizi 4-5 m dan ham chuqurroqqa kirib boradi. Shuning uchun dengiz sathidan 1800 m balandlikda joylashgan quruq tuproqlarda ham bemalol oʻsadi. Yongʻoqning ildizi odatda shox-shabbasining hajmiga mos keladi yaʼni u egallagan kenglikda tarqaladi. Yongʻoq oʻstirish uchun Toshkent viloyatining Parkent, Boʻstonliq, Ohangaron tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Shahrisabz, Kitob tumanlari, Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov tumanlari,
Qulupnaydan sharbat va kompot qanday tayyorlanadi?

Qulupnaydan sharbat va kompot qanday tayyorlanadi?

Foydali maʼlumotlar
Qulupnay sharbati tayyorlash Qulupnay mevasi tarkibida 4-14% gacha shakar, 0,28-1,6% gacha har xil kislotalar, 37-130 mg C vitamini, tez hazm boʻladigan temir, fosfor, kaliy va kalsiy tuzlari mavjud. Inson organizmida V vitaminining yetishmasligi qon yurishini sekinlashtirib, kamqonlikni keltirib chiqaradi. C vitaminining yetishmasligi esa tsinga (цинга) kasalligiga olib keladi. Shuningdek, inson organizmining kasalliklarga qarshilik koʻrsatish funksiyalarining kamayishiga, nerv sistemasining buzilishiga olib keladi. Qulupnay sharbati juda xushboʻy boʻlib, uni tayyorlash uchun qattiq, rangi tiniq, yuvilgan tozalangan qulupnaylar ishlatiladi. Idishga solib, yogʻoch qoshiq yoki taxta kabilar bilan bosib, 3-4 soatga xona haroratida qoldiriladi. Soʻngra 1 kg massaga 100 g suv qoʻshili
Gilos daraxtini yozda kesish

Gilos daraxtini yozda kesish

Bogʻdorchilik
Gilos daraxtiga shakl berishning keng tarqalgan usullaridan biri bu – vazasimon usuldir. 4-5 ta asosiy shoxlar tanlanganda, ular daraxt tanasida vertikaliga bir-biridan 10-15 sm masofada joylashgan boʻlishi tavsiya etiladi. Yosh gilos daraxtining novdalari 2-2,5 metr uzunlikkacha yon shox chiqarmay oʻsishi mumkin. Bunday holat uchraganda novdalarni qisqartirish bilan ularni yon novda chiqarishga undash mumkin. Yozgi kesish orqali daraxtlarning haddan ziyod baland boʻlib ketishiga yoʻl koʻyilmaydi. Baland daraxtlar bir qator kamchiliklarga ega. Ular: yuqori qismi soyabonga aylanib, quyi qismidagi shoxlar hosil berishiga toʻsqinlik qiladi; zararkunandalarga qarshi sepilgan dorilar daraxtning barcha qismlariga yaxshi yetib bormaydi va kurash taʼsiri kuchsiz boʻladi; shuningdek, baland shox
Kesish ishlarini eng kech gullaydigan daraxtlardan boshlab, eng erta gullaydigan daraxtlarda tugatish kerak

Kesish ishlarini eng kech gullaydigan daraxtlardan boshlab, eng erta gullaydigan daraxtlarda tugatish kerak

Bogʻdorchilik
Kuz mavsumida daraxtlar yil davomida hosil boʻlgan energiyasini kichik novda va shoxlardan olib, oʻz tanasi va tomirlarida saqlaydi. Bu narsaning ahamiyatini tushunib olish zarur. Agar, siz qish mavsumida daraxtning koʻp shoxlarini kesib tashlasangiz, bu orqali daraxtning oʻsishi uchun hech qanday ziyon yetmaydi, chunki mavjud energiya daraxt tanasi, tomirlari va kapa shoxlarida saqlanib koladi. Bahorda, daraxtni kesishdan oldingi holatga yetarlicha toʻplangan energiya zaxirasi, qolgan daraxt shoxlarining oʻsishi uchun sarflanadi. Kesish orqali biz koʻproq energiyani kesishdan keyin qolgan kamroq shoxlarga yoʻnaltirgan boʻlamiz. Natijada, daraxtning rivojlanishi uchun keragidan ortiqcha energiya paydo boʻladi va bu oʻz navbatida bahorda daraxt shoxlarini avj bilan oʻsishiga va keraksiz
Nima sababdan mevali daraxtlar meva qilmaydi?

Nima sababdan mevali daraxtlar meva qilmaydi?

Bogʻdorchilik
Mevali daraxtlar ekilgandan soʻng turiga va shakl berish usuliga qarab, odatda, 2 va 5 yosh orasida meva qila boshlaydi. Danakli meva daraxtlarining aksari yaxshi parvarishlanganda 2 yoki 3 yoshdan mevaga kiradi. Gilos daraxti 3-4 yosh, olma daraxti 2 yoshdan 4 yoshgacha va nok daraxti esa 3-5 yosh orasida mevaga kiradi. Mevalarning hosil boʻlishida changlanish, sugʻorish va daraxtlarni toʻgʻri oʻgitlash katta oʻrin tutadi. Daraxtlarda quyidagi oʻzgarishlarni kuzatish juda muhimdir: daraxtlar umuman gullamasligi, gullab meva tugmasligi yoki gullab meva tugsada, lekin barcha meva terimdan oldin toʻkilib ketishi mumkin. Agar daraxtingiz umuman gullamagan boʻlsa va yuqorida aytib oʻtgan yoshdan oʻtgan boʻlsa, siz juda koʻp shoxlarni kesib yuboryapsiz. Koʻplab mevali daraxtlar meva qiluv
Urugʻ mevali daraxtlar qanday rivojlanadi?

Urugʻ mevali daraxtlar qanday rivojlanadi?

Foydali maʼlumotlar
Mevali daraxtlar hosil berishni boshlashgacha kechiradigan hayotiy davri ularning kelgusida toʻgʻri voyaga yetib, serhosil daraxtlarga aylanishida muhim ahamiyatga ega. Bu asosan, daraxt ildiz qismining rivojlanish va umumiy strukturasining shakllanish davridir. Koʻchat ildizining rivojlanishida, ayniqsa, birinchi yil alohida oʻrin tutadi. Bir qator tashqi omillar ildizning oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatib, uning rivojini orqaga surishi mumkin, hatto koʻchat payvandtagi kuchli va chidamli boʻlganida ham. Bunday tashqi omillarga kasalliklar, parazit chuvalchang (qurt-qumursqalar), yovvoyi buta va oʻsimliklar bilan raqobat yuzaga kelishi, tuproq namligining keragidan past yoki yuqoriligi kabilarni misol qilish mumkin. Dastlabki bir necha yildan keyin baʼzi bir navlar oʻzlarida tashqi