Oy: Noyabr 2017

Olma va nok mevalari qachon yaxshi saqlanadi?

Olma va nok mevalari qachon yaxshi saqlanadi?

Bogʻdorchilik
Yogʻin-sochin koʻp boʻlgan yilda pishgan olmalar qurgʻoqchilikda pishgan olmalarga qaraganda yaxshi saqlanadi. Kuzgi nav olmalarning erta terib olingan qismi 10-18 kundan keyin pishib yetiladi. Olma, nok, behilarning qishki navlari esa, terib olinganidan soʻng 1-3 oy oʻtib yetiladi. Olma va nokning yozgi navlari uzoqqa joʻnatiladigan boʻlsa, pishishiga 3-5 kun qolganida terib olinadi. Oliy navli qishki va yozgi olma navlari hamda noklarning pishib yetilgan qismi terib olinadi. Hosilni terib olishda meva bosh va oʻrta barmoq bilan uchlab yoki butun ushlab, koʻrsatgich barmoq bilan esa daraxtdan bandi bilan sekin mevani qisib uzib olinadi. Mevani terganda bandini, albatta butun holicha uzib olish kerak boʻladi, chunki siniq bandlar bir-biriga tegib bir-biriga zarar keltiradi. Meva t
Erta bahorda asalarilarni qanday oziqlantirish kerak?

Erta bahorda asalarilarni qanday oziqlantirish kerak?

Asalarichilik
Mart oyida vodiy hududlarda va aprel oyida togʻli hududlarda asalarilar oilasining asosiy bahorgi taftishi boshlanadi. Bahorda kun issigʻida (soya joydagi harorat +14˚C boʻlganda) asalarilar oilasi koʻrib chiqiladi, undagi oziq zahirasi, oilaning katta-kichikligi va ona arining bor-yoʻqligi koʻz bilan chamalab aniqlanadi. Buning uchun uyaning markazidan bitta rom chiqarib koʻriladi. Uyada ona arining yoʻligi oila normal holatda emasligini koʻrsatadi. Oziq (asal va perga) yetarli darajada boʻlsa, katta oilalarda ona ari fevral oyidan baʼzan yanvar oyidan boshlab tuxum qoʻya boshlaydi. Asalarichi arilar bilan ishlaganda egniga oq halat, yuziga toʻr kiyib olishi, asalarichilik jurnali, asalarilarni supurib tushirish uchun choʻtka, suvli chelak, boʻz mato qoplangan koʻchiradigan yashik v
Mevalarni saqlashning zamonaviy usullari haqida

Mevalarni saqlashning zamonaviy usullari haqida

Foydali maʼlumotlar
Mevada moddalar almashinuvi qancha tez boʻlsa, u shuncha tez buziladi. Modda almashinuvi kamayishi havodagi kislorod va karbonat angidridning miqdori va nisbatiga bogʻliq. Mevalarni uy sharoitida saqlashning zamonaviy usullari, asosan mevadagi kislorodning miqdori 3-5%, karbonat angidridning miqdori 3-11% boʻlishini talab etadi. Yopiq idishlar ishlatilganda kislorod kamayib, karbonat angidridning miqdori koʻpayib, 3-11% boʻlishini talab etadi. Karbonat angidridni zarur miqdorda ushlab turish uchun uni yutuvchi kimyoviy vositalar (kaliy karbonat, potash, dietanolamin) ishlatiladi. Bu usul past haroratda va bosimda qoʻllanilsa, yaxshi natija beradi. Muzlatgichlarda olma 50-90 kun, nok esa 200 kungacha saqlanishi mumkin. Namlikni kremnemem, mel, kaolin hamda faollashtirilgan koʻmirdan f
Yangi oila ona arisi qanday yetishtiriladi?

Yangi oila ona arisi qanday yetishtiriladi?

Asalarichilik
Ona arilarni sunʼiy yoʻl bilan yetishtirish texnikasini istamaydigan asalarichilar oilalardan ona ari ajratib olish bilan shugʻillanadilar. Ular yangi oila tuzishga tayyorlanayotgan asalari oilalarini kuzatib borib, ona ari uyalarining yetilishini kutadilar. Keyin ularni ajratib olib, yangi oilaga yoki onasiz oilaga qoʻshib qoʻyadilar. Lekin bu usulda arizorda ishni rejali usulda olib borish mumkin emas, chunki qancha asalari oilasi yangi oilaga ajralishini, qancha ona ari uyasi boʻlishini oldindan bilib boʻlmaydi. Bundan tashqari odatda, eng yaxshi oilalar yangi oilaga ajralmaydi. Lekin asalarilar oilasini ajralishga sunʼiy majbur etish mumkin. Sunʼiy yoʻl bilan yangi asalari oilasini hosil qilish uchun arizordan ona arisi yaxshi irsiy hususiyatlarga ega boʻlgan eng kuchli oila tanl
Makkajoʻxori zararkunandalariga qarshi vositalar

Makkajoʻxori zararkunandalariga qarshi vositalar

Dehqonchilik
Makkajoʻxorini zararkunandalardan himoya qilish uchun mavsumda 4-5 martalik ishlov oʻtkazishga sarflangan har 1 soʻm evaziga qoʻshimcha 4,1 soʻmdan 5,44 soʻmga teng boʻlgan don mahsuloti olish imkoniyati yaratiladi. Makkajoʻxori poya parvonasi Andijon hamda Xorazm viloyatlari sharoitlarida mavsumda 3 avlod berib rivojlanib, erta bahorda ekilgan oʻsimliklarni bu zararkunandadan himoya qilish uchun 3-4, angʻizga, yozda ekilganlarida esa 2-3 marta kimyoviy ishlov oʻtkazish talab etiladi. Buning uchun kapalagi qiygʻos uchib, tuxum qoʻyayotgan davr ilmiy asoslangan eng samarali hisoblanadi. Bu muddatlarda ishlatilgan zamonaviy insektitsidlar imagotsidlik, qisman ovitsidlik hamda larvitsidlik imkoniyatlariga koʻra, eng yuqori samara koʻrsatishi mumkin. Amaliyotda, makkajoʻxori poya parvona
Tok koʻchatlarini payvandlash jarayonidan lavhalar

Tok koʻchatlarini payvandlash jarayonidan lavhalar

Bogʻdorchilik
Uzum hosilining sifatini oshirish uchun tok koʻchatlariga yaxshi ishlov berish bilan birga ularning serhosil navlarini yaratish kerak boʻladi. Buning uchun serhosil va eksportbop navlar maxalliy kasalliklarga va sovuqqa chidamli boʻlgan navlarga payvand qilinadi. Tok koʻchati asosan mart va may oylarida iskana usulida payvand qilinadi. May oyida qilinadigan payvand tez va oson birikib ketishi bilan ahamiyatlidir. Tok koʻchatlarini may oyida yangi novdalar 30-40 sm boʻlgandan soʻng payvandlash amalga oshiriladi. Bunda payvandtag ham, payvandust ham qalinligi 0,5-0,7 sm boʻlgan yangi novda boʻlishi kerak. Umuman olganda novda qotib qolmaguncha bu usulda ulash mumkin. Payvandlashni boshlashdan oldin uni bogʻlash uchun selofan plyonka tayyorlab olinib, soʻngra kesib olingan novdad
Uzumni plyonka ostida quritish

Uzumni plyonka ostida quritish

Bogʻdorchilik
Yogʻingarchilik koʻp boʻladigan rayonlarda joylashgan xoʻjaliklarda uzumni jadal quritish mavsumida yogʻin-sochin boʻlib, xoʻjaliklar koʻpincha zarar koʻradi. Uzumni plyonka yopilgan palatalarda quritish usuli akademik R. R. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va sinab koʻrilgan boʻlib, bu haqda quyida bayon qilinadi. Yarim ochiq palata quyidagi kattalikda boʻladi: eni – 4 m eng baland tepa qismi – 2m 40 sm, yon devorlari balandligi 1.60 sm, bitta seksiya uzunligi – 4m. Palataning ikkala yon tomoniga patnislarni joylash uchun etajerkalar oʻrnatiladi. Patnislarni joylash uchun har qaysi etajerkalarda 10-12 tadan parallel pazlar mavjud. Etajerka kattaligi 60x90x160 sm. Xar bir patnisga 60-80 kg uzum keta
Tarvuz parvarishlash haqida

Tarvuz parvarishlash haqida

Dehqonchilik
Tarvuz boʻz va qumoq tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Tarvuz urugʻlari havo harorati +12, +15°C ga yetganda ekiladi. Ekish chuqurligi sugʻorish imkoniyati va tuproq tarkibiga qarab 3-4 sm dan 6-8 sm gacha chuqurlikda boʻladi. Tarvuz uchun 240-360 sm gacha enlilikda egatlar olinadi. Egatning ikki chetiga 70-80 sm oraliqda 1-2 tadan qilib ekiladi. Urugʻ sarfi gektariga naviga qarab, 8000-11000 tagacha sarflanishi mumkin. Tarvuz ekish rejalashtirilgan yer kuzda organik va mineral oʻgʻitlar bilan ishlanadi. Zarur boʻlgan oʻgʻitlardan fosforli va kaliyli oʻgʻitlarning 60-70% qismi kuzda yerni haydash bilan birga berilsa samarasi yaxshi boʻladi. Oʻsuv davrida ammiak selitra, superfosfat, kaliy tuzi kabi mineral oʻgʻitlardan har bir tup tagiga solinadi. Oʻgʻitlarni tarvuzning ildiz boʻgʻzidan 20-
Loviya qanday ekiladi?

Loviya qanday ekiladi?

Dehqonchilik
Loviya keng qatorlab ekiladi. Loviya ekiladigan dala kuzda chuqur 25-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi, erta bahorda baronalanadi, ekish oldidan kultivatsiya qilinib, mola bosiladi. Qator oralari 60-70 sm kenglikda boʻladi. Ekish normasi gektariga 40-50 kg. Ekish chuqurligi 4-5 sm. Loviya maysalari unib chiqqandan keyin yuqori agrotexnika asosida parvarishlanadi. Barcha urugʻlar tuliq unib chiqqandan keyin birinchi kultivatsiya oʻtkaziladi. Oʻsuv davrida 3 marta kultivatsiya qilinadi. Loviyaning pastki barglari sargʻaya boshlab dukkaklari 60% yetilgan paytda hosilni yigʻishga kirishiladi. Loviya dukkaklari toʻkilib nobud boʻlmasligi uchun, urugʻlar toza pishib yetilmasidan SK-4 kombaynlari bilan yigʻishtirib olinadi. Saralangan don yopiq, yaxshi shamollatiladigan xonalarga toʻkib yo
Bugʻdoy ekish muddatlari va navlarining hosildorlikka taʼsiri

Bugʻdoy ekish muddatlari va navlarining hosildorlikka taʼsiri

Dehqonchilik
Dala tajribalarida Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali tomonidan yaratilgan kuzgi yumshoq bugʻdoyning rayonlashgan Yaksart hamda istiqbolli Gʻozgʻon va yangi yaratilgan Bunyodkor navlari ochiq maydonda hamda gʻoʻza qator oralarida anʼanaviy SZU-3,6 gʻalla ekish seyalkalarida erta, oʻrta va kech muddatlarda 5 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekib oʻrganildi. Tajribalar 30 m2 (hisobiy 25 m2) maydonda 3 qaytariqda olib borildi. Oʻtkazilgan tadqiqot tajribalarida don hosildorligiga ekish usullari, muddatlarning ham taʼsiri katta boʻlishi aniqlandi. Tajriba natijalariga koʻra, har qanday ekish usulida ham erta muddatda ekilganda, navlarning toʻla fiziologik yetilishi, hosil shakllanish (gullash-sut, mum pishish) davrlari uzoq boʻlishi hosildorlikning oshishi