Oy: Oktabr 2017

Ekinlarni qatorlab ekish haqida

Ekinlarni qatorlab ekish haqida

Dehqonchilik
Qatorlab ekish – qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishning asosiy usuli. Bunda urug‘lar orasi bir xil kenglikdagi parallel qatorlar tarzida ekiladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ko‘pgina xillari: punktir, qator uyalab, qo‘sh qatorlab, shuningdek, har bir uyaga belgilangan yoki aniq miqdorda ekish usullari mavjud. Bu usullar ichida ekinlarining aniq miqdorda urug‘ tashlab ekish usuli eng samarali hisoblanadi. Bu usul bilan ekishda urug‘lik sarfi 2–3 barobar kamayadi, yaganalashga hojat qolmaydi. Lekin urug‘larni ekishdan oldin dala maydonining qurt-qumursqalardan, zararkunandalardan tozaligiga va ekiladigan urug‘ning yaxshi saralanganligiga e’tibor qaratish zarur. Qatorlab ekish ekin qator oralarini ishlashda, o‘g‘it solishda, begona o‘tlardan tozalashda, o‘suv davrida, sug‘orishda, qi
Qatqaloq nima?

Qatqaloq nima?

Foydali ma’lumotlar
Qatqaloq – kuchli yog‘inlar va sug‘orishdan so‘ng tuproq betida hosil bo‘ladigan qattiq qatlam. O‘rta Osiyoda sug‘orma dehqonchilik rayonlarining deyarli barcha tuproqlari qatqaloqlanishga moyil. Bunga asosiy sabab, shu tuproqlarning haddan tashqari kam donadorligi va tuproq agregatlarining suvga juda ham chidamsizligidir. Yomg‘irdan yoki sug‘orishdan so‘ng yerning ustki qavati ivib suyuladi, quriganda qotib qatqaloq hosil qiladi va beti yorilib ketadi. Qatqaloq tuproq xossalari va qishloq xo‘jaligi ekinlari rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi va havo almashinuvini sekinlashtiradi, shuningdek, tuproqdagi namning (20–30% gacha) bug‘lanishini tezlashtiradi. Juda qalin qatqaloq hosil bo‘lgan dalalarda maysalarning unib chiqishi 3–5 kunga kechikadi va ko‘ch
Mevali daraxtlar gullarini sovuqdan asrash uchun nima qilish kerak?

Mevali daraxtlar gullarini sovuqdan asrash uchun nima qilish kerak?

Bog‘dorchilik
O‘zbekiston hududida ba’zi yillarda bahorning mart-aprel oylarida ham ob-havoning sovib ketishi natijasida (daraxtlar ayni gullagan paytlarda qor yog‘ishi, suv muzlashi, oqibatida) butun hosilga zarar yetadi. Bu sovuqlar ta’sirida shu yilda olinadigan hosilning hech bo‘lmaganda ma’lum bir qismini saqlab qolish ham juda muhim sanaladi. Daraxtlar barg yoygan va gullagan davrda havo harorati keskin tushib ketganda, daraxtlar gullaridan tashqari ularning tanasini ham sovuq urishi mumkin. Oqibatda hosilning bir-necha yiliga ta’sir etadi. Masalan yong‘oq, xurmo, anor, anjir kabilarning ta’nasi sovuqqa o‘ta chidamsizdir. Havo sovib ketgan paytlarda hosilni saqlab qolish uchun bog‘ning har joy-har joyiga poxol, poxol aralashgan go‘ng, xazon, qipiq kabilarni tutatib qo‘yiladi. Bu bilan daraxt
Qulupnay ko‘chatini qachon ekish kerak?

Qulupnay ko‘chatini qachon ekish kerak?

Dehqonchilik
O‘zbekistonda qulupnay ko‘chatlarini o‘tqazishning eng yaxshi vaqti iyul oyining oxiri va avgust oyining boshlaridir. Qulupnay ko‘chatlarini o‘tqazishga tayyorlangan yer mineral va mahalliy o‘g‘itlar yoki kompost (chirindi) bilan ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Qulupnay ko‘chatini o‘tqazishda oldindan tayyorlab olingan ko‘chat ildizi uchidan ozgina qismini kesib tashlanadi va maxsus tayyorlangan go‘ng qo‘shilgan suyuq loyga ko‘chat ildizini botirib olinadi, keyin kichik uya qazib o‘simlikni o‘tqaziladi. Ko‘chatning ildizi o‘ta sayoz ham, o‘ta chuqur ham ko‘milmaydi. Bunda qatorlar orasi 70-80 sm, ko‘chatlar orasi esa 20-25 sm bo‘ladi. Ko‘chatni o‘tqazishdan oldin uning uchidagi 2-3 ta bargini qoldirib qolganini olib tashlanadi. Bu bilan o‘tqazilgan ko‘chatning suv bug‘latishini kamaytir
Yer sho‘ri qanday yuviladi?

Yer sho‘ri qanday yuviladi?

Foydali ma’lumotlar
Sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini yuvish uchun eng maqbul vaqt oktabr oyidan dekabr oyigacha davom etadi. Ba’zida esa qishki sovuqlar sababli sho‘r yuvish bahorga qoldiriladi. Bahorgi sho‘r yuvishlarning natijasi esa kuzgi yuvishdagidek bo‘lmaydi. Ekishga tayyorlash va ekish ishlarining kechikishi kuzatiladi. Zovurlar qazish mumkin bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarda sho‘r yuvish ishlari zovurlarni qazishdan boshlanadi. Chunki zovurlar qazilmasdan turib sho‘r yuvishning samarasi kam va oz fursatli bo‘ladi. Shuning uchun sho‘r yuvishdan oldin sho‘rlangan yerlar atrofidagi mavjud zovurlar chuqur qaziladi yoki yangi zovurlar hosil qilinadi. Sizot suvlarning qanchalik yuza joylashganligiga qarab zovurlar turlicha chuqurlikda qaziladi. 4-5 m dan 15-20 m gacha. Sho‘r yuvish uchun dastlab yer
O‘simlikning tashqi ko‘rinishiga qarab oziq moddalarga talabini aniqlash mumkinmi?

O‘simlikning tashqi ko‘rinishiga qarab oziq moddalarga talabini aniqlash mumkinmi?

Foydali ma’lumotlar
O‘simlikning tashqi ko‘rinishiga qarab uning oziq moddalarga ehtiyojini bemalol aniqlash mumkin. O‘simlikka e’tibor bilan qaralganda uning barglari mayda va rangi och yashil yoki sariq bo‘lsa, o‘suv davri tugamasidan dastlabki chiqargan barglari tez to‘kilayotgan bo‘lsa, demak tuproq tarkibida azot yetishmayotgan bo‘ladi. O‘simlikka kaliy yetishmaganda barglarining cheti sarg‘ayadi yoki qoramtir tusga kirib nobud bo‘ladi, ba’zan barglari pastga qarab buralib qoladi, g‘adir-budir ko‘rinishga kirib, dag‘allashadi. Barglarning o‘ta to‘q yashil, ko‘kish, qirmizi ranga kirishi yoki qorayib qurishi o‘simlik uchun fosfor yetishmayotganidan dalolat beradi. Kalsiy yetishmasligi oqibatida o‘simlikning yuqori kurtaklari va ildizlari nobud bo‘ladi. O‘simlik barglarining yashil rangdan sariq, qiz
Mahalliy o‘g‘itlarni yerga solishdan oldin chiritish kerakmi?

Mahalliy o‘g‘itlarni yerga solishdan oldin chiritish kerakmi?

Foydali ma’lumotlar
Mahalliy o‘g‘itlar tuproq hosildorligini oshirishda juda muhim omillardan biri sanaladi. Lekin mahalliy o‘g‘itlarni ham me’yordan ortiq yoki yangiligida solish o‘simlik uchun zarar bo‘lishi mumkin. Mahalliy o‘g‘itlarni solish yangi holida faqat sharbat usulida sug‘orish bilan birgalikda amalga oshiriladi yoki kuzgi shudgorlashdan oldin solinadi. Shuning uchun chorva mollari va parranda go‘ngini ekin dalasiga solishdan 8-10 oy oldin to‘p holda chiritish kerak. Bundan tashqari, chirigan go‘ngni ekin dalasiga va bog‘ oralariga solish oson bo‘ladi. Mevali daraxtlar va sabzavot ekinlarini quritib qo‘ymaydi. Chorva hayvonlari go‘ngini chiritish uchun zich holda go‘ng uyumi hosil qilinadi. Go‘ng yaxshi chirishi uchun uning barcha qismini tuproq bilan o‘rab qo‘yiladi. Go‘ng tarkibidagi azotn
Sabzining yon ildizlari qanday yo‘qotiladi?

Sabzining yon ildizlari qanday yo‘qotiladi?

Dehqonchilik
Sabzi ekinidan sifatli va mo‘l hosil olish uning agrotexnikasi haqida yaxshi bilish hamda solinadigan o‘g‘itlarni o‘z me’yorida to‘g‘ri qo‘llashga bog‘liq. Jumladan ildizmevaning chiroyli, silliq, sersuv va mazali bo‘lishi ekin maydonining qanchalik hosildorligini va dehqonning qanday tajribaga ega ekanligini belgilaydi. Sabzi suv va o‘g‘itga talabchan sabzavot. Sabzi o‘suv davri davomida ikki marta o‘taladi. O‘tash bilan birgalikda yaganalash ham amalga oshiriladi. Bunda ko‘chatlar orasi 5-7 sm dan 6-8 sm gacha bo‘ladi. Yetilgunga qadar 7-12 marta sug‘oriladi. Har bir sug‘orishda yengil o‘g‘itlanadi. Sabzining ildizmevasi 5-6 sm bo‘lgunga qadar ildizmeva o‘qildiz va yon ildizlardan oziqlanadi, so‘ngra esa ildizmeva sifatli bo‘lishi uchun yon ildizlar (soqol ildizlar) qiriladi. Bunin
Behi qanday ekiladi va parvarishlanadi?

Behi qanday ekiladi va parvarishlanadi?

Bog‘dorchilik
Behi ekish uchun dastlab yurtimizda yetishtiriladigan Quva behisi, Non behi, Shirin behi, Samarqand yirik behisi, Xorazm olmasimon behisi va boshqa shu kabi eng yaxshi navlardan tanlanadi. Ekin maydonining gektariga 50 t dan oshiqroq go‘ng, 1-1,2 t kaliy, 2 t dan oshiqroq fosfor, 1,5-2 t azot va chirindi solinib, yerni chuqur haydaladi. Ko‘chatni kuzda noyabr oyi oxirlarida yoki erta bahorda fevralning oxiri-martning boshlarida ekiladi. Bahorda ekish uchun yerni kuzda tayyorlab qo‘yish yanada yaxshiroq bo‘ladi. Har bir ekiladigan ko‘chat uchun 50-60 sm chuqurlikda 4x3,3x3 sxemada chuqurchalar qazilib, ko‘chatlar o‘tqaziladi. Behi ko‘chatlarini asosan payvandlab ko‘paytirilgani uchun, ko‘chat ekish jarayonida payvandlangan joyi yerdan 5-6 sm yuqoriroqda qoldiriladi. Ko‘chat yaxshi o‘rnas