Oy: Oktabr 2017

Sholi ekini uchun oʻgʻitlarning ahamiyati qanday?

Sholi ekini uchun oʻgʻitlarning ahamiyati qanday?

Dehqonchilik
Sholi yetishtirish uchun tuprogʻi unumdor va sugʻorish qulay boʻlgan sersuv yerlar zarur boʻladi. Sholi yorugʻlik va issiq havoni xush koʻradigan oʻsimlik. Sholidan moʻl-koʻl va sifatli hosil olish uchun dehqon uning agrotexnikasini yaxshi bilishi kerak. Sholidan yuqori hosil olishda oʻgʻitlarning ahamiyati beqiyos. Chunki sholining ayniqsa, azotli oʻgʻitga talabi kuchli. Oʻsuv davri davomida bir gektar maydondagi sholi ekini uchun oʻrta hisobda 150-200 kg azot, 50-100 kg fosfor, 80-100 kg kaliy oʻgʻitlari solinadi. Ayniqsa faol oʻsuv davrida sholiga belgilangan azotli va fosforli oʻgʻitni har sugʻorishda oz-oz miqdordan boʻlib solish kerak. Ekinning oʻgʻitga talabini bargining rangi va nihollarning baquvvatligidan ham bilish mumkin. Fosforli oʻgʻitlar sholi hosili (guruch)ning sifat
Sholi nihollari qanday koʻchat qilinadi?

Sholi nihollari qanday koʻchat qilinadi?

Dehqonchilik
Sholini koʻchat qilish uchun koʻchatlarni maxsus maydonlarda yetishtirib olinadi. Ekishga tayyor boʻlgan koʻchatlarni koʻchat qilish uchun dastlab, koʻchat maydoni 3-4 soat oldin sugʻoriladi. Shunda yaxshi qondirib sugʻorilgan koʻchatlarni osongina koʻchirib olish mumkin. Koʻchatlarni ekin dalasiga yaqinroq joylashgan kichikroq maydonda yetishtirilsa, koʻchirib oʻtkazish qulay boʻladi. Uzoq masofalarga esa traktor pritseplarida yoki maxsus mashinalarda olib boriladi. Koʻchatlarni ekishgacha salqinroq joyda 4-5 soatgacha saqlash mumkin. Koʻchat qilish ishlarida ekin maydonining hajmiga qarab ishchi kuchi eng kamida 3-4 kishi boʻlishi kerak. Bunda bir kishi tayyorlangan yangi maydonni (pollarni) ketma-ket ravishda suv bilan toʻldirib tursa, yana bir kishi esa koʻchatlarni ekuvchilarga
Mevalarni quritishda oltingugurt bilan dudlashning qanday samarasi bor?

Mevalarni quritishda oltingugurt bilan dudlashning qanday samarasi bor?

Bogʻdorchilik
Mevachilikda – quritiladigan mevalardan meva qoqilari va mayiz solishda mahsulotga gazsimon sulfit angidrid (oltingugurt gazi) bilan ishlov berish. Mahsulot rangini va sifatini yaxshilash, uzoq muddat buzilmay saqlanishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi. Maxsulotni sifatli dudlash va oltingugurt tutuni bir tekis taʼsir etishi uchun meva va uzum taxta idishlarda yupqa qatlam qilib yoyilgan holda kameralarda yoki fanerdan yasalgan maxsus qutilarda dudlatiladi. Idishlarning sathi taxminan 60-90 sm boʻlsa, qutining uzunligi 120, eni 80, balandligi 110 sm boʻladi. Oltingugurt chuqurroq joyda yoki maxsus tayyorlangan yerda yondiriladi. Meva va uzumlarni dudlashda donador oltingugurt ishlatiladi. Oʻrta hisobda qutining 1 m3 qismiga 250 g oltingugurt sarflanadi. Dudlash 0,5-2 soat davom e
Yerni baronalash zarurmi?

Yerni baronalash zarurmi?

Dehqonchilik
Boronalash – ekin maydonidagi namlikni saqlash, shudgordagi notekisliklarni yoʻqotish, ekishni sifatli oʻtkazish va sugʻorish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ekinlarni ekish oldidan mola yordamida bajariladigan agrotexnikaviy tadbir hisoblanadi. Baronalash erta koʻklamda yer haydalgandan keyin, ekishdan oldin oʻtkaziladi. Baronalash haydalgan yer betini yumshatish, tekislash, kesak va palaxsalarni maydalash, qatqaloqni buzish, urugʻni koʻmish (urugʻ yer betiga sepilganda), mineral oʻgʻitni tuproqqa aralashtirish, oʻsimliklarni parvarish qilish – koʻp yillik oʻt va kuzgi gʻalla ekinlari maydonini erta bahorda yumshatish kabi turli maqsadlarda oʻtkaziladi. Tuproqning fizik holati va granulometrik tarkibiga qarab baronalash 5-8 sm chuqurlikda oʻtkaziladi. Baronalash tuproq kapill
Bargak nima?

Bargak nima?

Foydali maʼlumotlar
Bargak – danagi olinib quritilgan oʻrik qoqi. Bargakning qaysa, kesilgan, boʻlingan, dudlanmagan xillari bor. Qaysa bargak – danagi chiqarib olingan oʻrikni oltingugurt bilan dudlab tayyorlanadi. Pichoqda ikki pallaga boʻlinib, danagi ajratib olingan oʻrikni oltingugurtda dudlab tayyorlangan bargak kesilgan bargak deyiladi. Boʻlingan bargak – tayyorlash uchun oʻrik qoʻlda ikki pallaga ajratilib, danagi olinadi, soʻngra dudlab quritiladi. Quritishga tayyorlangan oʻriklar patnislarga terilib, maxsus shkafda 1,5–2 soat dudlanadi, soʻngra oftobda quritiladi. 100 kg oʻrikni dudlash uchun 150–250 g oltingugurt sarflanadi. Oʻrik dudlab quritilganda uning rangi va sifati yaxshi boʻladi. Uzoq muddat sifati buzilmasdan saqlanishi taʼminlanadi. Dudlanmagan bargak – oʻrik danagi ajratib olini
Oʻsimliklarda suv almashinuvi qanday kechadi?

Oʻsimliklarda suv almashinuvi qanday kechadi?

Foydali maʼlumotlar
Suv oʻsimliklarning asosiy qismini tashkil qiladi va ular hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Protoplazma tarkibida suv miqdori 80% atrofida boʻladi, hujayra shirasida 96–98% ni tashkil qiladi. Hujayra qobigʻida suv miqdori 50% ga yaqin boʻladi. Suv sersuv mevalarda, masalan, bodringda – 98%, pomidorda – 94%, tarvuzda – 92%, kartoshkada – 77% suv boʻladi. Barglarda suv miqdori 80–90% ga etadi. Suv – asosiy erituvchi, unda erigan oziqa moddalar ildiz orqali soʻrilib, hujayra va toʻqimalarga boradi. Fotosintez jarayonida suv bevosita ishtirok etadi, uglevodlar sintezlanishida qatnashadi. Oʻsimliklarga oʻtgan 1000 qism suvning 2-3 qismi fotosintezda uglevodlar sintezida ishtirok etsa, olgan 997 qismi oʻsimliklar toʻqimalarini toʻyintirish va bugʻlangan suvning oʻrnini toʻldirish uchun
Oʻsimliklar fiziologiyasi boʻyicha olimlar qanday yangiliklar qilishgan?

Oʻsimliklar fiziologiyasi boʻyicha olimlar qanday yangiliklar qilishgan?

Foydali maʼlumotlar
Dukkakli oʻsimliklar ildizida tugunak bakteriyalari birgalikda yashab, ularni molekular azot bilan taʼminlashini Gelrigel asoslab berdi. Olimlardan A. II. Bax, V. I. Palladin, S. P. Kostichevlar, oʻsimliklarning nafas olishini aniqlaganlar, ular nafas olish ximizmini va bijgʻish jarayonini toʻliq taʼriflaganlar. Fotosintez va xemosintezni A. P. Vinogradov, Vannil va M. Kalvinlar izohlab berishgan. 18-asr oxirida Dj. Pristli, I. Ingenxauz va J. Senebelar birinchi boʻlib, oʻsimliklar havodagi karbonat angidridni quyosh nuri va xlorofill yordamida oʻzlashtirishini talqin qilganlar. 19-asr boshlarida Dj. Bussengo oʻsimliklarning tuproqdan oziqlanishini oʻrganib, ular azotni tuproqdan nitrat va ammoniy tuzlari holida olishini isbotlagan. Mineral oʻgʻitlarni qoʻllashga nemis olimi
Malina koʻchatini butash haqida

Malina koʻchatini butash haqida

Bogʻdorchilik
Malina yiliga ikki marta butaladi. Hosili terib olingandan soʻng meva tukkan barcha ikki yillik shoxchalari qirqib tashlanadi. Ularni poyasini qoldirmasdan tuproq sathigacha kesib tashlash kerak, chunki ular bir tomondan, oʻsimlikni parvarish qilishga halaqit bersa, ikkinchi tomondan, yosh novdalarni hamda butun tupni ikki yillik novdalarda qishlaydigan hashorotlar va kasalliklar yuqtirish manbai boʻlishi mumkin. Bu paytda malinaning singan hamda zaif ildiz bachkilari olib tashlanadi, bir-biridan 10-15 sm uzoqlikda joylashgan baquvvatlari butaladi, soʻngra novdalarning 100-150 sm balandlikda yaxshi rivojlangan kurtaklarigacha chilpib tashlanadi. Bir yilda ikki marta hosil beruvchi (remontant) navlarining hosil bergan barcha novdalarining yuqori qismi kesib tashlanadi. Malinani parvar
Uzumni objush usulida quritish

Uzumni objush usulida quritish

Bogʻdorchilik
Bu usulning oʻziga xos xususiyati shundaki, bunda mevaga avval kaustik sodaning qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), soʻngra uzum sortlariga ajratilgandan keyin savatlargi 2-3 kg dan solinadi va kaustik soda aralashtirilgan qaynayotgan qozonga tushiriladi. Suvga aralashtiriladigan kaustik soda 0.3-0.4% ni tashkil qiladi, ishlov berish (uzum solingan savatini qozonda tutib turish) vaqti 3-6 sekund davom etadi. Bunda uzum donasining yupqa poʻstida ingichka yoriqlar paydo boʻladi va dona poʻsti ustidagi moʻmsimon gʻubor yoʻqoladi. Bu donasidagi namning tez boʻgʻlanishini taʼminlaydi va quritish protsessi tezlashadi. Quritilgan mahsulot ortadi. Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi uchun panjaralar ustiga bir necha minut qoʻyiladi, soʻngra pa
Uzumni quritish usullari va mayizbop navlar

Uzumni quritish usullari va mayizbop navlar

Bogʻdorchilik
Oʻzbekistonning iqlim sharoiti uzum quritish uchun nihoyatda qulay. Issiq yozning davomiyligi, nisbiy namlikning past boʻlishi, aʼlo sifatli mayiz va xoʻraki uzum navlarining yetishtirilishi, xalqning anʼanaviy tajribalari, shuningdek fan yutuqlari, quyoshli ochiq havoda va soyada meva quritish usullaridan keng foydalanishga, kam mablagʻ sarflab, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi. Quritish uchun tovar sifati yuqori boʻlgan xom ashyoni keskin koʻpaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir xoʻjalikdagi tokzorda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda toʻliq va yuqori sifatli qilib oʻtkazish zarur. Quritilgan mahsulot miqdorini koʻpaytirish va uning sifatini yaxshilash uchun hosilni terib olishga ikki xafta qolganda t