Oy: Sentabr 2017

Qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligi qanday sabablarga bogʻliq?

Qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligi qanday sabablarga bogʻliq?

Foydali maʼlumotlar
Har qanday soha ishlarini mexanizatsiyalashtirishdan asosiy maqsad – mehnat unumini keskin oshirib, bajariladigan ish va olinadigan mahsulotning tannarxini pasaytirishdan iborat. Mexanizatsiyalashtirilgan ishni inson oʻz qoʻl kuchi bilan emas, serunum ishlaydigan mashinadan foydalanilgan holda bajaradi. Soha mahsulotining tannarxini iloji boricha kamaytirib, daromadni oshirish uchun unda bajariladigan ayrim ish (operatsiya) larnigina emas, balki hamma operatsiyalarni toʻliq (kompleks) mexanizatsiyalashtirish kerak boʻladi. Qishloq xoʻjaligini kompleks mexanizatsiyalashtirish uchun zarur boʻladigan mashinalar tizimi (sistemasi) qabul qilinadi. Mashinalar sistemasi deganda bajariladigan texnologik ja – rayonlar hamda ish unumlari oʻzaro moslashtirilib, muvofiqlashtirilgan mashinalar, tran
Bodring yetishtirish ilmi

Bodring yetishtirish ilmi

Dehqonchilik
Dehqon bodring urugʻini ekishga tayyorgarlik koʻrar ekan, eng avvalo uning biologik xususiyati – issiqsevar, namsevar ekanligini, oson oʻzlashtiriladigan oziq moddalarga talabchanligini hisobga olishi kerak. Shuning uchun unga yaxshi qiziydigan, doimo esib turadigan shamollardan pana, unumdor, organik moddalarga boy, yer osti suvi yuza joylashgan, yengil qumoq, shoʻrlanmagan tuproqli maydonlarni tanlash maqsadga muvofiq. Bodring uchun yangi ochilib, ilk marta ishlangan yerlar, bedapoyadan boʻshagan maydonlar, shuningdek, sabzi, karam, kartoshka kabi ekinlardan boʻshagan maydonlar eng yaxshi ekin maydoni sanaladi. Bodringni palak otib oʻsadigan ekinlardan soʻng ekish mumkin emas, chunki poliz ekinlaridan keyin ekilganda har xil kasallik va zararkunandalar koʻpayadi. Natijada hosildorl
“Seleksiya” – qanday fan?

“Seleksiya” – qanday fan?

Foydali maʼlumotlar
Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan har yili yuqori va sifatli hosil olib, aholini ertagi yoki yil davomida moʻ1-koʻl oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan yetarli darajada taʼminlashda muayyan sharoit dehqonchilik talablariga mos keladigan serhosil nav va duragaylar yaratish, ularni qishloq xoʻjaligi korxona va fermer xoʻjaliklarining dalalariga keng joriy etishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Chunki nav (duragay) ekinlarni oʻstirish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun respublikamiz hukumati qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish, katta maydonlarda joriy etish uchun seleksiya va urugʻchilik ishlarini tubdan yaxshilashga alohida eʼtibor berib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 29-30–avgustda
Pista necha yil moʻl hosil beradi?

Pista necha yil moʻl hosil beradi?

Bogʻdorchilik
Oʻzbekiston tabiiy va sunʼiy pistazorlarida yaxshi va oʻrtacha hosil 1-2-3-yillarda takroriy kutiladi. Pista lalmi yerlarda 10-12, sugʻorma yerlarda 7-8-yili hosilga kiradi. Yovvoyi holdagilari 15 kg gacha, payvand qilingan 8-10 yillik daraxtlari 30-45 kg meva beradi. Lekin hosildorligining kattaligi jihatidan farqi ahamiyatlidir. Pista serhosilligi 40 yillarda uch marotaba takrorlanishi mumkin. Erkin holda oʻsayotgan va siyrak daraxtzorlardagi daraxtlar har yili yaxshi gullaydi va bir tekis hosil beradi. Qalin va shox-shabbalari tutashgan daraxtzorlarda bu koʻrsatkich juda past boʻladi. Masalan: Samarqand viloyatining Sarayqoʻrgʻon oʻrmon xoʻjaligidagi shox-shabbalari tutashgan qalin pistazorlar deyarli hosil bermaydi. Meva hosil berish davriyligi – bu serhosil meva shakllanishida plas
Bugʻdoydoshlar oilasiga qanday oʻsimliklar kiradi?

Bugʻdoydoshlar oilasiga qanday oʻsimliklar kiradi?

Dehqonchilik
Bugʻdoydoshlar (gʻalladoshlar) – bir urugʻ pallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻt, baʼzan buta yoki daraxtlardan tashkil topgan. Poyasi silindrsimon tik yoki yonboshlab koʻtarilib oʻsadi, boʻgʻimlarga boʻlingan, ichi gʻovak, shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Boʻyi 1 sm dan bir nechta oʻn m gacha boʻladi. Baʼzilarining poyasi yogʻochlanib baland boʻlib oʻsadi (masalan: bambukning boʻyi 40 m, diametri 30 sm gacha). Barglari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, baʼzan bir jinsli, mayda, koʻrimsiz, oddiy toʻpgullarga (boshoqchalarga) yigʻilgan; bular esa murakkab toʻpgullar, shingil, roʻvak va boshqalarni hosil qiladi. Boshoqchalari bitta
Bugʻdoy ekishdan oldin yerni qanday oʻgʻitlash kerak?

Bugʻdoy ekishdan oldin yerni qanday oʻgʻitlash kerak?

Foydali maʼlumotlar
Sugʻoriladigan yerlarga bugʻdoy ekish ishlari ob-havo sharoitiga qarab sentabr oyining ikkinchi yarmidan boshlanib, noyabr oyining oʻrtalarigacha davom etadi. Bugʻdoy ekish uchun asosan ertagi ekinlardan boʻshagan unumdor ekin maydonlari tanlab olinadi. Buning uchun ertagi ekinlardan boʻshagan dala maydonlari pluglab qoʻyiladi va kuz kelishi bilan ekishga tayyorlanadi. Shuningdek, kuzgi bugʻdoyni goʻza ekini qator oralariga ham ekiladi. Urugʻ ekishdan oldin ekin maydonining gektariga 10-15 t goʻng, 50-100 kg azot, 40-80 kg fosfor, shuningdek, kaliy kabi oʻgʻitlar solinib, haydaladi. Superfosfat oʻgʻitini esa bugʻdoy ekiladigan maydonning har bir gektariga 800-1000 kg miqdorida solish mumkin. Lekin meʼyordan ortiq solingan oʻgʻit yerni qotirib qoʻyadi. Oʻgʻit ekin maydoniga bir meʼyorda
Bodom koʻchatlari qanday payvand qilinadi?

Bodom koʻchatlari qanday payvand qilinadi?

Bogʻdorchilik
Bodom koʻchatlarini payvand qilish boshqa danakli mevalarni (oʻrik, shaftoli, olcha, olxoʻri va boshqalar) payvand qilish kabi amalga oshiriladi. Payvandtag sifatida danakmevalilardan – oʻrik, olcha, shaftoli va achchiq bodom koʻchatlaridan foydalaniladi. Asosan kurtak va iskana usullarida payvand qilinadi. Kurtak usulida payvandlash sentabr oyining birinchi yarmida amalga oshiriladi. Payvandlashdan 5-6 kun oldin koʻchat maydoni sugʻoriladi. Shunda payvandtagning poʻstlogʻi yogʻoch qismidan oson ajraladi va payvandlangan kurtakning tutib qolish koʻrsatkichi yuqori boʻladi. Kurtak payvand sentabr oyining dastlabki kunlaridan boshlanadi. Payvandlash uchun serhosil bodom daraxtining sogʻlom novdasi tanlanib, kesib olinadi. Novdadagi kurtaklar uchtalik (ikkita gul va bitta oʻsuvchi) kurtak
Hosilni oshiruvchi preparat

Hosilni oshiruvchi preparat

Bogʻdorchilik
HOSILIN 20% (Gibberlin) – oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatadigan oʻsuvni boshqaruvchi tabletka shaklidagi modda. U murakkab tuzilmali organik kislota boʻlib, oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatadigan oʻstiruvchi moddadir. HOSILIN bilan ishlov berish oʻsimlikning poyasi, shoxlari va bargining oʻsishi, mevasining tez pishishi, urugʻining tez unib chiqishi va yangi nihollarning oʻsishini tezlashtiradi. Ishlatish maqsadiga koʻra HOSILIN turli usullarda qoʻllaniladi. Agar oʻsimlikning vegetativ organlarini rivojlantirish kerak boʻlsa, preparatni oʻsimlikning yer ustki organlariga qoʻllash kerak. Agar oʻsimlikning hosilini koʻpaytirish kerak boʻlsa, preparatni oʻsimlikning guliga va shakillangan mevasiga qoʻllash kerak boʻladi. HOSILINnin
Limon mevalari sifatli boʻlishi uchun qanday parvarish zarur?

Limon mevalari sifatli boʻlishi uchun qanday parvarish zarur?

Bogʻdorchilik
Limon daraxtidan sifatli va moʻl hosil olish uchun birinchi navbatda unga yaxshi parvarish zarur. Daraxtga toʻgʻri shakl berish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki limonning baʼzi navlari tikonli boʻlib, mevasi kattalashgan sari shamol taʼsirida unga ziyon yetkazib qoʻyishi mumkin. Limon daraxtiga shakl berish kosasimon yoki anor daraxtiga beriladigan shakl kabi (3-4 asosiy shox qoldirib) berilishi kerak. Shunda daraxtning barcha qismiga quyosh nuri yaxshi tushadi va limon mevasi sifatli boʻladi. Bundan tashqari shakl berish jarayonida daraxtning pastki qismidagi va ortiqcha shoxlari olib tashlanishi kerak. Lekin koʻchatlar ekilgandan soʻng dastlabki 4-5 yilgi hosilni ana shu pastki shoxlar beradi, yangi shoxlar esa hali toʻliq hosilga kirib ulgurmaydi. Shuning uchun pastki shoxlarni olib
ENTO BOR va ENTO ZINK – moʻl hosil garovi

ENTO BOR va ENTO ZINK – moʻl hosil garovi

Foydali maʼlumotlar
ENTO BOR – ekinlar va mevali daraxtlarda Bor moddasi yetishmovchiligini oldini oladi. ENTO BOR qoʻllanilganda oʻsimlikda quydagilar yuz beradi: hosilning pishishi sezilarli darajada tezlashadi; hosil elementlarining shakillanishi, gullarning changlanishi tezlashadi; urugʻlarning unish quvvati oshadi va ulardagi imunitet kuchayadi. Uning taʼsir etuvchi moddasi – suvda eruvchan Bor boʻlib ulushi 15% ni tashkil qiladi. Oʻsimlik bargidan oziqlantirilganda 100 l suvga 250 g hisobida qoʻshiladi. Ekin turi va holatiga qarab meyorni oshirish yoki kamaytirish mumkin.   ENTO ZINK – ekinlar va mevali daraxtlarda, gazonlarda bargidan va ildizidan oziqlantirishda foydalanish tavsiya etiladi. Afzalliklari: ildizning rivojlanishini va chuqur ketishini tezlashtiradi;