Oy: Avgust 2017

Oshqovoq haqida qiziqarli ma’lumotlar

Oshqovoq haqida qiziqarli ma’lumotlar

Foydali ma’lumotlar
Oshqovoq bundan sakkiz ming yil oldin ham odamlarga ma’lum bo‘lgan. Uni dastlab Janubiy Amerika aholisi qo‘llab ko‘rgan. Endilikda oshqovoq yer yuzining qutbdan tashqari barcha hududlarida o‘sadi. Oshqovoq ko‘p yillik va bir yillik bo‘ladi. Uning sariq, qizil, yashil, ko‘k va kulrang turlari mavjud. Oshqovoqning yovvoyi tarzda o‘suvchi, shuningdek, yem-hashak, bezak va oziq-ovqat uchun ekiladigan navlari ham bor. Kattaligi bo‘yicha rekord darajadagi oshqovoqlarning og‘irligi 900 kilogrammgacha yetadi. Bu mahsulotdan birinchilardan bo‘lib foydalangan hindular uni urug‘i uchun yetishtirishgan. Oshqovoq urug‘ini uzoq vaqt saqlash mumkin bo‘lgan. Laxm joylarini olovda toblab ovqat uchun ishlatgan. Oshqovoq uyquni me’yorga keltirishda samarali foyda beradi. Oshqovoq tarkib
Sabzi haqida qiziqarli ma’lumotlar

Sabzi haqida qiziqarli ma’lumotlar

Foydali ma’lumotlar
Sabzi dastlab 4000 yillar avval Janubi-g‘arbiy Osiyoda yetishtirilgan. U paytlardagi sabzi binafsharang va achchiq bo‘lgani uchun odamlar uni o‘tkir hidi va urug‘i uchungina ekishgan. Vaqt o‘tishi bilan sabzining shirinroq va yumshoq o‘zakli navlari kirib kelgan. Milodiy I asrda qizil, XII asrda sariq va oq sabzilar paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda esa uning har xil shakl va rangdagi navlari deyarli barcha mamlakatda yetishtiriladi. Sabzi xalq tabobatida yurak-qon tomir kasalliklari, kamqonlik, poliartrit va ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Sabzi sharbati avitaminoz (vitaminlar yetishmasligi natijasida ro‘y beradigan kasallik) ni davolashda birinchi vosita hisoblanadi. Bu sabzavot tarkibidagi fitonsid moddalari mikroblarni o‘ldiradi, shuning uchun u shamollash va tomoq bezlari
Kartoshkaning qancha turi bor?

Kartoshkaning qancha turi bor?

Dehqonchilik
Kartoshka haqida qiziqarli ma’lumotlar:   Kartoshkadan dastlab Janubiy Amerika hindulari yegulik sifatida foydalangan. Uni madaniylashtirish taxminan o‘n ming yillar oldin Peru hududida boshlangan. Kartoshka haqidagi ma’lumotlar Yevropaga XVI asrdagina yetib kelgan, XVIII asrdan pazandachilikda keng qo‘llanila boshlagan. Hozirda kartoshka yer yuzining barcha hududlarida yetishtiriladi. Rossiya, Belorussiya, Irlandiya va Xitoy – kartoshka eng ko‘p iste’mol qilinadigan mamlakatlar. Kartoshkaning 4000 ga yaqin turi bor. Kartoshka dunyoning barcha oshxonalarida eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Kartoshkaning afzallik tomonlaridan biri – undan ovqat tayyorlash uchun oshpazlik malakasi yuqori bo‘lishi shart emas. Istagan odam uni qovurib, dimlab yoki
Atirgul qanday yetishtiriladi?

Atirgul qanday yetishtiriladi?

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan atirgul navlari: Qora magiya, Papilon, Burgun, Salvidor, Kulin Yelezaveta, Moskovskiy, Prezident, Anjelika va h. k. Ko‘chat tayyorlash. Yozning o‘rtalarida chala yarim pishgan na’matak teriladi, dukkaklari chaqib olinadi va o‘radagi qumga aralashtirib ko‘miladi. Ko‘mil-gandan so‘ng 3-4 kun davomida suv sepilib turiladi. 15-20 kun o‘tgandan so‘ng ko‘milgan na’matak qumdan olinadi, yoyib quritiladi. Quriganlari elanib, qumdan ajratiladi, mato xaltaga solib, soya va quruq joyda saqlanadi. Na’matak urug‘i noyabr oyida yana qalinligi 25-30 sm bo‘lgan ho‘l qumga aralashtirib ko‘miladi. Mart oyining 5-10 sanalarida qumdan kovlab olinib, elanadi va 10-15 sanalarda yerga sepiladi. Sepilgan urug‘ 20-25 kun davomida unib chiqadi. May oyining o‘rtalariga borib yaga
Chinnigul qanday yetishtiriladi?

Chinnigul qanday yetishtiriladi?

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Grenadin, Turkiya, Golland, Xitoy va h. k. Ko‘chat tayyorlash. Chinnigul ildiz orqali yerdan undirib yoki urug‘ sepish orqali ko‘paytiriladi. Chinnigul ko‘p yillik gul turi bo‘lgani uchun ildizlari orqali yonidan kurtak chiqarib ko‘payish xususiyatiga ega. Urug‘ sepib ko‘paytirishda sog‘lom, ya’ni pishgan urug‘ tanlab olinadi. Quritilgan urug‘ suvga bo‘ktirilgan yerga sepiladi va urug‘ usti tuproq bilan yupqa qilib yopib chiqiladi. Sepilgan urug‘ 10-15 kunda unib chiqadi. Unib chiqqandan keyin 50-60 kunda ekishga tayyor bo‘ladi. Ekish uchun joy tanlash va yerni tayyorlash. Chinnigul tuproq tanlamaydi, lekin tarkibida bir oz ohak bo‘lgan, sog‘, unumdor va donador tuproqli yerni ko‘proq yoqtiradi. Tuproq har kvadrat metriga 4-5 kg go‘ng va 400-500
Banan pishib yetilishi uchun qancha vaqt kerak?

Banan pishib yetilishi uchun qancha vaqt kerak?

Foydali ma’lumotlar
Bananning mingga yaqin turi bor, lekin ularning hammasi ham iste’molga yaroqli emas. Banan – eng keng tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlaridan biri. U ommalashganligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Oldingi o‘rinlarda guruch, makkajo‘xori va bug‘doy turadi. Bir gektar banan maydonidan 40 tonnagacha hosil olish mumkin. Yillik hosil vaznining og‘irligi bo‘yicha banan apelsindan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Eng ko‘p banan yeydigan odamlar Afrikadagi Burundi mamlakati aholisi hisoblanadi. Bu yerda har bir kishi yiliga 200 kilogrammga yaqin banan iste’mol qiladi. Hindiston – eng ko‘p banan yetishtiruvchi mamlakat. Yangisiga qaraganda quritilgan bananning kaloriyasi besh karra ko‘proq bo‘ladi. Banan – eng radioaktiv meva. Uning tarkibida kaliy radioaktiv izotopla
Pomidor haqida qiziqarli ma’lumotlar

Pomidor haqida qiziqarli ma’lumotlar

Foydali ma’lumotlar
XVI asr o‘rtalarida pomidor Yevropaga olib kelingan, lekin odamlar uni uzoq vaqtgacha iste’molga yaroqsiz, ba’zilar hatto zaharli deb hisoblagan. Bog‘bonlar uni ziynat beruvchi o‘simlik sifatida o‘stirishgan. Dastlabki pomidor ishlatiladigan Yevropa ovqatlari retsepti 1692 yili Italiyaning Neapol shahrida nashr qilingan. “Pomidor” so‘zi italyan tilida “oltin olma” degan ma’noni anglatadi. Pomidor tomiri yer ostiga 1 metr, eniga 1,5 – 2,5 metrgacha o‘sib boradi. Uning poyasi 2 metrgacha yetishi mumkin. Ba’zi pomidorlarning og‘irligi bir kilogrammdan ortadi. Dunyodagi eng yirik pomidor 2,9 kilogramm. U AQSHda yetishtirilgan. Dunyo bo‘yicha pomidorning 10 000 ga yaqin turi bor. Pomidorning pushti, sariq, qora tusdagi navlari ham bor. Yer yuzida har yili 60 milyon tonn
Petrushka qanday ekin?

Petrushka qanday ekin?

Dehqonchilik
Petrushka – soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik o‘t o‘simliklar turkumiga kiruvchi sabzavot ekini. Petrushkaning vatani – O‘rta dengiz bo‘ylari hisoblanadi. 4 turi bor, shundan poliz petrushka turi ekiladi. Birinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3 marta patsimon kertikli. Ikkinchi yili o‘simlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, to‘pguli – soyabonsimon. Urug‘i mayda. Petrushka sovuqqa chidamli, namsevar va yorug‘talab o‘simlik bo‘lib, 3–5°C da urug‘i unib chiqadi. Bargi va ildizmevasida oqsil, yog‘, shuningdek, efir moylari, S, A, V1 V2, vitaminlar va boshqalar bor. Petrushkaning ildizi, bargi va faqat bargi iste’mol etiladigan ikki xili bor. Ildizi va poyalaridan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foydalaniladi. Bar
Mosh – eng yaxshi siderat ekinlardan biri

Mosh – eng yaxshi siderat ekinlardan biri

Dehqonchilik
Mosh doni tarkibida 24-28 foiz oqsil, 2-4 foiz moy, 46-50 foiz kraxmal, V guruhi vitaminlari, lizin, arginin mavjud. U dukkakli don ekinlari orasida oqsil va vitaminlarga boy bo‘lishi, kalloriyasining ko‘pligi jihatidan alohida ajralib turadi. Mosh doni ozuqalik qiymati bilan bug‘doy, loviya, no‘xat, ko‘kno‘xat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, to‘yimliligi bilan esa 1,5 baravar ustun turadi. Mosh tarkibidagi oqsilning hazm bo‘lishi 86%. Bundan tashqari, mosh doni tarkibida Mg, Ca, S, Na, Fe, Ma, Cu, B, Co, Ni, I kabi makro va mikroelementlar bo‘lib, fosfor tuzlariga juda boydir. Ayrim mamlakatlarda mosh donidan salat tayyorlanadi. Makaron va konditer sanoatida mosh unidan 30 foiz qo‘shilsa, sifati tubdan yaxshilanadi. Hozirda Davlat reyestriga kiritilgan moshning “Qahrabo”, “Navro
Oshko‘klar haqida qisqacha ma’lumot

Oshko‘klar haqida qisqacha ma’lumot

Dehqonchilik
Oshko‘klar – taomlarga (ko‘k holicha) qo‘shiladigan ko‘katlardir. Oshko‘klarga jambil, kashnich, petrushka, rayhon, ko‘k (barra) piyoz, shivit, sarimsoq ko‘ki, selderey hamda bahor oylarida yovvoyi o‘sadigan yalpiz va boshqalar kiradi. Ular lazzatli taom tayyorlashda zirovarlar kabi muxim ahamiyatga ega. Oshko‘klar tarkibida ifori (efirli) moylar, turli vitaminlar mavjud. Oshko‘klar qo‘shilgan taomlar xushxo‘r bo‘ladi, yaxshi xazm bo‘ladi. Aksariyat oshko‘klar to‘g‘ralgan holda suyuq oshlarga qo‘shiladi, shuningdek, ularning shoxchalari salatlarni bezashda ishlatiladi. Oshko‘klardan rayhon, jambil sho‘rvalarga shoxchasi bilan xam solinadi. Ba’zi oshko‘klar (masalan: ukrop, petrushka) bodring va pomidor tuzlashda, sirkalab konserva qilishda ishlatiladi. Soya joyda quritib elaki qilingan