Oy: Iyul 2017

Yong‘oq qurti va unga qarshi kurash choralari

Yong‘oq qurti va unga qarshi kurash choralari

Bog‘dorchilik, Foydali ma’lumotlar
Yong‘oq qurti – yong‘oqmevalilar zararkunandasi hisoblanadi. Kapalagining uzunligi 8-9 mm, qanoti yoyilganda 13-23 mm atrofida. Qanotining rangi kulrang. Tuxumi 0,5 mm. Qurti 16 mm gacha, qizg‘ish yoki och yashilqo‘ng‘ir tusda bo‘lib, uzun tuklar bilan siyrak qoplangan, boshi va ko‘krak oyoqlari qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. G‘umbagi 11 mm, jigarrang, usti oq, osti yaltiroq ko‘rinishga ega. Yong‘oq qurti, asosan, O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istonda tarqalgan. Yong‘oq mevasini va yosh novdalarini zararlaydi. Qurt tushgan yong‘oq pishmasdan to‘kiladi. Yong‘oq qurti daraxt po‘stlog‘i ostida va yoriqlarida pilla o‘rab qishlaydi, erta ko‘klamda g‘umbakka aylanadi, kapalaklari aprelda ucha boshlaydi. Tuxumini xom yong‘oqqa 1-2 tadan qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar yong‘oq mag‘zini yeydi. Yong‘o
Mevali daraxtlar tanasi qachon oqlanadi?

Mevali daraxtlar tanasi qachon oqlanadi?

Bog‘dorchilik
Manzarali daraxtlardan tashqari mevali daraxtlar tanasini ham ohak bilan oqlash ancha foydalidir. Bu ish asosan erta bahorda daraxtlar uyg‘onishidan oldinroq amalga oshiriladi. Chunki kuzda daraxt tanasiga joylashib olgan ba’zi zararkunanda hashorotlar yoki ularning tuxumlari qishdagi sovuqlardan omon qolishi mumkin. Bundan tashqari daraxt po‘stlog‘ida yog‘och zamburug‘lari, moxlar, lishayniklar o‘sadi. Shuning uchun erta bahorda daraxtlarning qurigan po‘stloqlari va ular orasiga joylashib olgan xashorotlar va zamburug‘larni olib tashlanib ohak bilan oqlanadi. Ba’zan bu ishni kech kuzda ham amalga oshirish mumkin. Daraxt tanasini oqlash uchun quyidagicha ohak tayyorlanadi. Buning uchun 10 litr suvga 1-1,5 kg o‘ldirilgan ohak va 0,5 kg tuproq qo‘shib aralashtiriladi. Ohak yangi bo‘lmagan
ENTOXLOROK PLYUS – o‘simliklar zamburug‘ va bakterialaridan himoya qiluvchi preparat

ENTOXLOROK PLYUS – o‘simliklar zamburug‘ va bakterialaridan himoya qiluvchi preparat

Bog‘dorchilik, Dehqonchilik
ENTOXLOROK PLYUS (397.5 g/kg misning xlorlik oksidi + 42g/kg tsimoksanil) namlanuvchi kukun. Preparat uzumdagi soxta unshudring, antraknoz, bog‘larda unshudring, kalmaraz, teshikchali dog‘lanish, meva chirishi, monilioz, sabzavot ekinlarida fitoftoroz, unshudring, soxta unshudring, al’ternarioz, perenosporioz va boshqa zamburug‘li hamda bakterial kasalliklarga qarshi yuqori samara beruvchi preparat bo‘lib, bir gektar maydonga 2.0-3.0 kg dan sarflanadi. ENTOXLOROK PLYUS preparati sepilgandan ikki soatdan so‘ng yomg‘ir yog‘sa ham, uning ta’siri kamaymaydi. Ishlov berish iloji boricha ikki marotabadan oshirmasdan, 10-12 kun ichida amalga oshirish lozim. Preparat ishqoriy muhitda tez parchalanadi. ENTOXLOROK PLYUS preparati sepilgan vaqtdan boshlab ta’sir qilishni boshlaydi. Preparat tar
SILVER – sirt faol moddasi qachon qo‘llaniladi?

SILVER – sirt faol moddasi qachon qo‘llaniladi?

Bog‘dorchilik, Dehqonchilik
SILVER (Trisiloksan akoksilat 100%) – sirt faol modda hisoblanib, kimyoviy vositalar bilan birga qo‘llaniladi. Ularning barg yuzasiga yopishuvchanligini va o‘simlik tomonidan tez so‘rilishini ta’minlaydi, shuningdek, yomg‘ir yoqqanida tezda yuvilib ketishining oldini oladi. SILVER sirt faol moddasi 0.15-0.25% konsentratsiyalarda qo‘llaniladi. 0.25% konsentratsiyali maksimal miqdor sistemali va yoppasiga ta’sir etuvchi gerbitsidlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Kontakt ta’sir etuvchi preparatlar bilan qo‘llanilganda SILVER sirt faol moddasining konsentratsiyasi 0.15% bo‘lishi lozim. SILVER sirt faol moddasi har doim asosiy preparatlar suvga aralashtirib bo‘lingandan so‘ngra qo‘shilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. SILVER SFM preparatini qo‘llashda bakning 80-90% i suvga to‘ldiriladi va a
Bog‘ yaratishdan oldin yerni rejalash muhim

Bog‘ yaratishdan oldin yerni rejalash muhim

Bog‘dorchilik, Foydali ma’lumotlar
Katta maydonlarda bog‘ barpo qilishda daraxt qatorlari suv yaxshi yuradigan eng qulay nishab bo‘ylab olinadi. Qator iloji boricha sharqdan g‘arbga qarab, doimiy shamollar bo‘lib turadigan hududlarda daraxtlar shamol esadigan tomonga qaratib olingani ma’qul. Shunda daraxtlar kuchli shamollardan kamroq zararlanadi. Katta maydondagi bog‘ maydonini rejalash uchun yer o‘lchaydigan lenta yoki ruletka, kamida 110 sm uzunlikda 2 ta tross, uzunligi 2-3 metr, diametri 5-8 sm li 15-20 ta yog‘och qoziqlar, trosni tortish uchun uzunligi 1 metr gacha diametri 2-3 sm keladigan 2 ta temir qoziq, har 5-10 gektar yerga ko‘chat o‘tqazish joyini belgilash uchun 300-400 ta qoziqcha va uzunligi 24 metr li chizimcha kerak bo‘ladi. Bular orqali ekiladigan ko‘chatlar orasidagi masofa o‘lchanib, ko‘chat ekiladig
Makkajo‘xori – eng qadimgi ekinlardan biri

Makkajo‘xori – eng qadimgi ekinlardan biri

Dehqonchilik
Makkajo‘xori – boshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turi, don va yem-xashak ekini. Makkajo‘xori yer sharidagi yovvoyi holda o‘smaydigan eng qadimgi ekinlardan biri. Vatani – Markaziy va Janubiy Amerika. Dastlab Meksika hududida qadimgi mayya va atstek qabilalari tomonidan miloddan 5200 yil avval dehqonchilikda ekilgan. Yevropaga 15-asr oxirida keltirilgan. Makkajo‘xori ekiladigan xududlar shimoliy kenglikning 40° igacha boradi. Jahon dehqonchiligida makkajo‘xori ekilgan maydon 139,2 mln. ga, hosildorlik (don bo‘yicha) 43,13 s/ga, yalpi hosil 600,4 mln.t. AQSH (28,5 mln. ga, hosildorlik 84 s/ga), Braziliya (11,6 mln. ga, hosildorlik 27,6 s/ga), Meksika (7,2 mln. ga; hosildorlik 25,3 s/ga), Xitoy (25,8 mln. ga, hosildorlik 48,8 s/ga), shuningdek, Janubiy va Janubi
Bananning urug‘i nega puch bo‘ladi?

Bananning urug‘i nega puch bo‘ladi?

Bog‘dorchilik
Banan – banansimonlar oilasiga mansub ko‘p yillik tropik o‘simlik. Vatani Afrika va Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagi. Asosan, Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘stiriladi. Bananning bo‘yi 15 m gacha boradi, bargi juda yirik bo‘lib, uzunligi 4 m gacha, eni 90 sm gacha boradi. Bananning 40 ga yaqin turi bor. Guli qo‘sh jinsli. Mevasi rezavor meva. Bir tup mevada 300 tagacha meva tugib, o‘rtacha 60 kg gacha hosil beradi. Bitta mevasining uzunligi 15 sm gacha, diametri 3-4 sm ga boradi. Sarg‘ish, eti oqish, shirin. Etining tarkibida 75-76% suv, 14-22% qand, 5-8% kraxmal, 1,5% gacha protein, 0,3-0,6% moy bor. Partenokarpiya usulida (otalanmasdan) meva hosil qiladi, shuning uchun urug‘i puch bo‘ladi. Banan mevasi xo‘lligicha hamda quritilgan holda iste’mol qili
Issiqxonalarda limon daraxti uchun qanday sharoit zarur?

Issiqxonalarda limon daraxti uchun qanday sharoit zarur?

Bog‘dorchilik
Boshqa sitrus o‘simliklar singari limon ham sovuqqa chidamsiz hisoblanadi. Shuning uchun yurtimizda limon yetishtirish uchun maxsus issiqxonalar va transheyalar tashkil qilinib, ularda limon yaxshi o‘sishi va mo‘l hosil berishi uchun yetarli bo‘lgan ob-havo sharoiti yaratiladi. Limon mevalari +1+3℃ haroratgacha yaxshi saqlanadi, 0℃ dan past haroratda sovuqdan zararlanadi. – 5℃ dan past haroratda esa novdasi va tanasi yorilib quriydi. Natijada keyingi yilda ildizidan yangitdan chiqadi. Buning oqibatida, ko‘pgina zarar ko‘rilib, 3-4 yil hosil olinmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun issiqxonaning bir nechta joyiga termometr ilib qo‘yish va tez-tez undan xabardor bo‘lib turish zarur. Sovuq olgan mevalar o‘zining foydali hususiyatlarining ko‘p qismini yo‘qotadi. Achchiq tamga ega bo‘lib q
Mosh dalasining gektaridan qancha hosil olish mumkin?

Mosh dalasining gektaridan qancha hosil olish mumkin?

Dehqonchilik
Mosh – dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, Xitoy va Eron kenja turlariga bo‘linadi. Moshning vatani – Janubiy-g‘arbiy Osiyo hisoblanadi va miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklardan ekila boshlagan. Hozir mosh O‘rta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Moshning o‘q ildizi tuproqqa 1,5 metrgacha kirib boradi, azot to‘playdigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poyasi 20-100 sm yoyilib, tik yoki chirmashgan holda o‘sadi, barglari keng, yirik. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, barg qo‘ltiklarida 3-12 ta bo‘lib joylashadi, rangi sariq yoki sarg‘ish-yashil. Mevasi dukkak, ingichka, silindrsimon, uzunligi 6-18 sm, ichida 6-15 ta urug‘ bo‘ladi. Urug‘i sariq, yashil va qora; 1000 dona ur
Qandalalar qanday zarar keltiradi?

Qandalalar qanday zarar keltiradi?

Dehqonchilik
Qandalalar, asl yarimqattiqqanotlilar – chala o‘zgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi ma’lum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uzunligi 1 mm dan 12 sm gacha. Boshining ikki yonida murakkab (ba’zan tepa qismida yana oddiy) ko‘zlari bor; 4, kamdankam 3–5 bo‘g‘imli mo‘ylovi ipsimon, to‘g‘nog‘ichsimon yoki dumaloq. Sanchibso‘ruvchi og‘iz apparati bo‘g‘imli xartumcha ko‘rinishida. Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasimon, tiniq. Orqa qanotlari ham pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bog‘liq holda kavlash, suvda suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Ko‘pchilik qandalalarning orqa ko‘kragining ikki yoni bilan 2 va 3 juft oyoqlarinin