Oy: Iyun 2017

Qovun qachondan boshlab ekila boshlagan?

Qovun qachondan boshlab ekila boshlagan?

Dehqonchilik
Qovun – qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik oʻt oʻsimliklar turiga kiruvchi poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Janubi-Gʻarbiy Osiyo va Afrikada uchraydi.Madaniy navlarining vatani – Kichik va Oʻrta Osiyo boʻlib, 2 ming yildan beri ekiladi. Qovun Janubiy Yevropada, Osiyoning koʻpgina qismlarida, Shimoliy Amerika (AQSH) va boshqalarda yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda qovun ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida 1-oʻrinda turadi. Qovunning madaniy kenja turlari: Oʻrta Osiyo qovuni, Kichik Osiyo qovuni, Yevropa qovuni; yarim madaniy kenja turlari: ilonsimon qovun, xitoy qovuni; yovvoyi hamda itqovunlar bor. Ildizi oʻqildiz va uzunligi 1 m gacha boradi. Palagi ingichka, yotib oʻsadi. Juda koʻplab yon shoxlar chiqarad
Nashvati – nok navimi?

Nashvati – nok navimi?

Bogʻdorchilik
Nashvati – xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan nok (olmurut) navlari guruhiga kiradi. Qishki nashvati, kuzgi oq nashvati, chillaki nashvati, yozgi nashvati kabi navlar shu guruhga oid.Oʻzbekistonda nashvatining murut, olmurut deb ataladigan yovvoyi turi – Korjinskiy noki togʻ etaklari va yon bagʻirlarida, soylarda oʻsadi. Mevasi dumaloq yoki noksimon-choʻziq koʻrinishga ega. Oʻzbekistonda qadimdan ekib kelinadi. Madaniy nashvati navlari koʻchatlari yovvoyi nok urugʻlaridan yetishtirilgan payvandtaglarga payvand qilib yetishtiriladi. 4-6-yili hosilga kiradi. Daraxtining balandligi 8-12 m gacha boradi. Boshqa nok navlariga qaraganda erta gullaydi. Mevasi naviga qarab iyun oyi oxiridan oktabr oyining boshlarigacha boʻlgan davrda pishadi. Mevasining ogʻirligi 120-250 g (baʼzan 50
Tarvuz qachon ekiladi?

Tarvuz qachon ekiladi?

Dehqonchilik
Tarvuz urugʻini ochiq maydonlarga ekish yurtimizning markaziy mintaqasida joylashgan viloyatlarda ertagi navlar uchun 15-aprelgacha, oʻrtagisi 20-apreldan 10-maygacha, kechkisi 15-maydan 10-iyungacha, janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10-aprelgacha, oʻrtagisi 10-20 aprelda, kechkilari esa 10-20-iyunda ekiladi. Shimoliy mintaqalarda ertagi navlarni 20-aprelgacha, oʻrtagisini 25-apreldan 10-maygacha, kechkisini 20-30-mayda ekish eng yaxshi muddat hisoblanadi. Moʻl hosil olish uchun koʻproq tarvuzning ertapishar navlaridan “Oʻrinboy”, “Manzur”, F1 “Chillaki”, “Krisbi”, “Krimstar” va oʻrta ertapishar “Chinni tarvuz”, “Surxon tongi” oʻrtapishar “Marmar tarvuz” navlarini ekish tavsiya etiladi. Tarvuz ekish uchun moʻljallangan ekin maydoniga kuzda maʼdan va organik oʻgʻitlar solib 35-40 sm
Nok necha yilda hosilga kiradi?

Nok necha yilda hosilga kiradi?

Bogʻdorchilik
Nok – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumiga kiruvchi mevali daraxt. Yevrosiyoning moʻtadil va subtropik mintaqalari (Sharqiy va Kichik Osiyo, Kavkaz, Janubiy Yevropa) da 60 ga yaqin turi uchraydi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning janubi, Uzoq Sharq, Ukraina, Belorussiya, Boltiqboʻyi, Moldaviyada 40 ga yaqin turi oʻsadi. Nok qadimiy madaniy oʻsimlik. Dastlab Eron va Armanistonda madaniylashtirilgan degan taxminlar bor. Yevropa mamlakatlari, Amerikaning moʻtadil iqlimli hududlari (ayniqsa, AQSH) da, Afrika, Avstraliya, Janubiy, Sharqiy Osiyoda koʻp ekiladi. Dunyo boʻyicha urugʻli mevalilar ichida (ekilgan maydoni jihatidan olmadan keyin) 2-oʻrinda turadi. Xitoy, Italiya, AQSH, Ispaniya, Turkiyada nokzorlar koʻp. Nokning madaniy navlari oddiy nok yoki o
Past boʻyli daraxtlarni qanday tuproqli yerlarga ekish kerak?

Past boʻyli daraxtlarni qanday tuproqli yerlarga ekish kerak?

Bogʻdorchilik
Past boʻyli daraxtlar uchun ekin maydoni tanlash, koʻchatni qanday oʻtqazish va parvarishlash bir qator xususiyatlarga ega. Past boʻyli daraxtlarning ildiz tizimi nisbatan kam rivojlangan boʻlganligi va ekish maydoniga zich tartibda oʻtqazilishi sababli tuproqning suv-oziq rejimini koʻproq tanlaydi. Shu sababli bogʻlar barpo qilish uchun ajratiladigan maydonlarning tuprogʻi unumdor, fizikaviy xossalari yaxshi boʻlishi kerak. Yer tuprogʻi qumoq yoki yengil qumoq boʻlgani maʼqul. Sekin oʻsadigan payvandtaglarga ulangan daraxtlarning ildiz tizimi yuza joylashganligi uchun sizot suvlardan kamroq zararlanadi. Dusen (olma navi) ga ulangan koʻchatlarni sizot suvlar 1,5-1,2 metrgacha, paradizka va behiga ulangan koʻchatlarni esa 1,5 metr chuqurda boʻlgan yerlarga oʻtqazish mumkin. Kuchsiz shoʻr
Shaftoli koʻchatini ekish jarayoni qanday?

Shaftoli koʻchatini ekish jarayoni qanday?

Bogʻdorchilik
Shaftoli bogʻ yaratish moʻljallangan yer maydoni kuzda yoki erta bahorda mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan ishlanib, 40-60 sm chuqurlikda pluglanadi. Bu ishni kuzda qilgan yahshiroq. Shaftoli koʻchati bogʻlarda asosan 5x4,5x5,6x3 metr oraliqda, chuqurligi va diametri 40-50 sm hajmdagi chuqurlar kovlanib ekiladi. Tomorqalarda yer maydonidan koʻproq foydalanish maqsadida koʻchatlar orasini nisbatan zichroq 3,5x3,5, 3,5x4, yoki 3x4 sxemalarda ham ekiladi. Shaftoli bogʻlari asosan shaxmat usulida barpo qilinadi. Chunki shaftoliga kosasimon shakil berilgani uchun daraxt shoxlari hamma tomonga bir hilda tarqaladi va shaxmat usulida ekilgan bogʻlarda daraxtlar bir-biriga zarar yetkazmaydi. Koʻchatlarni yer sathidan bir xil balandlikda, payvandlangan joyini tuproq koʻmib qoʻymaydigan qilib
Olma daraxti past boʻyli boʻlishi uchun nima qilish kerak?

Olma daraxti past boʻyli boʻlishi uchun nima qilish kerak?

Bogʻdorchilik
Mamlakatimizda olma daraxti uchun sekin oʻsadigan payvandtag sifatida past boʻyli olmaning ayrim turlaridan foydalaniladi. Bular dusen, paradizka (jannat olmasi) lardir.Dusen naviga payvandlangan olma daraxtlari yarim pakana boʻyli, paradizka naviga payvand qilingan navlar esa pakana boʻlib oʻsadi. Ularning bir qator morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan bir nechta xillari bor. Past boʻyli va oʻrtacha boʻyli payvandtaglarning kelib chiqishi haqida turli fikrlar aytib oʻtilgan. Shubhasiz ularning koʻpi Kavkazorti va Oʻrta Osiyoda yovvoyi holda oʻsadigan past boʻyli olma navlariga taalluqlidir. Dusen navi buta shaklida, past boʻyli boʻlib, balandligi 4-5 metr keladi. Ildiz bachkilari chiqarmaydi, lekin ildiz boʻgʻzidan ildiz yoki novdalar chiqa
Kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qoʻllanuvchi vosita

Kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qoʻllanuvchi vosita

Foydali maʼlumotlar
PROTEKT insektitsid (emamektinbenzoat 5%) – kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qoʻllaniladigan samarali insektitsid hisoblanadi. PROTEKT insektitsidining qoʻllanilishi: PROTEKT gʻoʻza, pomidor, bogʻ, tok va sabzavot ekinlariga zarar keltiruvchi qurtlarga, jumladan gʻoʻza tunlami, olma qurti, gʻilofli kuya kabi zararkunandalarga qarshi yuqori samara beruvchi insektitsiddir. PROTEKT insektitsid yuqori haroratlarda qoʻllanilganda ham samarali taʼsir etadi yaʼni oʻzining hususiyatini yoʻqotmaydi va 15 kungacha taʼsir kuchini saqlab qoladi. PROTEKT insektitsidning sarf meʼyori gʻoʻza tunlami uchun 0.5 kg/ga miqdorida oʻsimlikning oʻsuv davrida qoʻllaniladi. Olma qurti va gʻilofli kuya uchun sarf meyori 0.45-0.5 kg/ga miqdorda oʻsuv davri davomida qoʻllaniladi. Sabzavot ekinlarig
Ukrop necha yillik oʻsimlik hisoblanadi?

Ukrop necha yillik oʻsimlik hisoblanadi?

Dehqonchilik
Ukrop (shivit) - soyabongullilar oilasiga mansub bir yillik, baʼzan ikki yillik oʻtsimon oʻsimlik; sabzavot ekini. Osiyo va Afrikada 4 turi oʻsadi. Bir yillik Xushboʻy ukrop turi Yevrosiyo, Amerika va Afrikada, Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ukrop qadimiy ekin hisoblanadi. Ildizi oʻq ildiz, yer ustki qismi oʻrtacha shoxlangan, balandligi 18-36 sm, 6-12 ta tik turuvchi sochma barglardan iborat. Guli soyabon, ikki jinsli. Urugi mayda, och va toʻq jigarrang. Ukrop sovuqqa chidamli, yorugʻsevar, shu bilan birga, dastlabki rivojlanish paytida namlikka ayniqsa talabchan. Barglari tarkibida S, V,, V2, RR, R vitaminlari, karotin, folat kislota, temir, kaliy, kaltsiy, fosfor tuzlari, efir moylari mavjud. Ukrop kundalik oziq-ovqat isteʼmolida, bodring, pomidor va boshqa sabzavotla
Beda haqida bilasizmi?

Beda haqida bilasizmi?

Dehqonchilik
Beda – dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk beda turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5-7 ming yil avvaldan ekib kelingan.Vatani Eron, taxminan 2-2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qadimgi Rim va Shimoliy Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik beda madaniy ekin sifatida Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va Zakavkazyeda beda asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi. Botanik taʼrifi. Poyasi sershox, boʻyi 70-150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. Toʻpguli 12-16 tagacha guldan