Oy: May 2017

Eng erta pishadigan danakli meva

Eng erta pishadigan danakli meva

Bogʻdorchilik
Gilos – raʼnoguldoshlar (atirgullilar oilasi) ga mansub danakli meva daraxti. Yovvoyi holda Oʻrta va Janubiy Yevropa, Eron, Kavkaz, Ukraina, Moldovada uchraydi. Yevropa mamlakatlari, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Yaponiya, Ukrainaning janubida, Kavkaz, Boltiqboʻyi va Oʻrta Osiyoda ekiladi. Gilos daraxtining boʻyi 10-15 m (baʼzan 30 m gacha boradi), shoxlari qalin, yoyilib oʻsadi. Bargi choʻziq-tuxumsimon, toʻq yashil. Guli oq, ikki jinsli, gulbandi uzun. Mevasining shakli dumaloq, yuraksimon, eti shirali, sirti tekis. Eng ertagi danakli meva. Tarkibida 7-15% qand, 0,36-1,1% kislota, vitaminlar, 0,2% oshlovchi va 0,7% gacha pektin moddasi bor. Yangiligida isteʼmol qilinadi, kompot, murabbo, tayyorlanadi. Gilos asal beradigan oʻsimliklar qatoriga kiradi. Danagi magʻzida 30% gacha parfy
Loviya qachon ekiladi?

Loviya qachon ekiladi?

Dehqonchilik
Loviya – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumiga kiruvchi dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Vatani – Markaziy va Janubiy Amerika. Jahon dehqonchiligida loviyaning oddiy loviya turi eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli loviya, lima loviyasi, ingichka bargli loviya, osiyo loviyasi, adzuki loviya, guruchsimon loviya va boshqa turlari ham ekiladi. Yer yuzida loviya ekiladigan maydonlar 22 mln. ga (1999). Hindiston, Braziliya, Xitoyda katta maydonlarda yetishtiriladi. Oʻzbekistonda qadimdan oddiy loviya ekiladi. Ildizi – oʻq ildiz, yaxshi rivojlanadi, tuproqqa 1,5-2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi oʻtsimon, shoxlanadi, ayrim turlar
Mevali daraxtlarga shakl berishdan maqsad nima?

Mevali daraxtlarga shakl berishdan maqsad nima?

Bogʻdorchilik
Mevali daraxtlarga shakl berish va butashdan koʻzlangan asosiy maqsad – daraxtlardan sifatli va moʻl hosil olish, daraxtning hosil berish hamda hosilga kirish davrini uzaytirish, bogʻlarni tartibga solish, chiroyli manzara hosil qilish, hosilni yigʻib olishga qulaylik yaratish, bogʻ maydonlariga koʻproq daraxt joylashtirish, bogʻ ishlarini mexanizatsiyalash va texnika vositalaridan foydalanishga sharoit yaratish va boshqalardir. Shakl berishning ham bir necha usullari mavjud boʻlib, ulardan daraxtlarning naviga qarab turlicha usulda foydalaniladi. Ayniqsa kam shox-shabbali va yassi shakillardan foydalanilganda yuqori hosil olish mumkin. Bu usulda asosiy shoxlar kam boʻlib, lekin oʻsuvchi shoxlar koʻp boʻladi. Meva daraxtlarini tizimli kesish orqali ulardan olinadigan hosilni 2-3 barobarg
Bogʻ yaratishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Bogʻ yaratishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Foydali maʼlumotlar
Meva bogʻining hosildorligi, uzoq yashashi va serdaromad boʻlishi uning qanchalik toʻgʻri barpo qilinganligiga hamda qarovga bogʻliq. Meva daraxtlari asosan koʻp yillik boʻlganligi uchun bogʻ barpo qilishda yoʻl qoʻyilgan xato u hosilga kirgandan soʻng sezilishi va bu xatoni tuzatish qiyin kechishi yoki umuman tuzatib boʻlmasligi mumkin. Katta yoshdagi daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish qiyin boʻladi yoki butunlay kesib tashlab boshqatdan ekish kerak boʻlib qoladi. Shuning uchun bogʻ tashkil qilishdan oldin oʻsha yerning tuproq tarkibi, shart-sharoiti, iqlimi oʻrganilib, qaysi meva turlari mos kelishi, qaysi mevalardan moʻl hosil olish mumkinligi oʻrganib chiqiladi. Bogʻ barpo qilinadigan joy notoʻgʻri tanlanganda bogʻ erta qariydi, daraxtlar tez izdan chiqadi, ularning hosil berish davri q
Unumdor tuproq qanday boʻladi?

Unumdor tuproq qanday boʻladi?

Bogʻdorchilik
Tuproq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning eng asosiy vositasi hisoblanadi. Tuproqning tarkibi, tuzilishi va xossalarini bilmasdan turib, undan samarali foydalanib boʻlmaydi. Tuproq haqida maʼlumotga ega boʻlinsagina uning unumdorligini yanada oshirish yoki unumdorligini saqlab qolish mumkin boʻladi. Tuproqning rangi tuproq hosil qiluvchi ona jinsning dastlabki rangi hamda tuproq hosil boʻlish jarayoniga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham respublikamizning turli hududlarida tuproq rangi turlicha. Masalan: boʻz tuproq, qora tuproq, qizil tuproq va boshqalar. Tuproqning rangi qanchalik qora boʻlsa uning tarkibida organik moddalar va chirindi miqdori shuncha koʻp miqdorda boʻladi. Shu sababdan tuproqning haydaladigan va ishlov berriladigan qismi quyi qismiga qaraganda to
Yaxob berish qanday jarayon?

Yaxob berish qanday jarayon?

Bogʻdorchilik
Yaxob berish – ekin maydonida nam zaxirasini hosil qilish va ekinning unib chiqishi va normal rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida haydalma yerlarni va bogʻlarni qishda, erta bahorda, hamda yoz va kuzda hosillar yigʻib olingandan keying sugʻorish jarayonidir. Qishki va bahorgi yaxob berish yogʻin miqdori yetarli boʻlmagan (yiliga 250 mm dan kam) hududlarda koʻproq qoʻllaniladi. Yaxob grunt suvlari 3 m dan chuqur joylashgan avtomorf tuproqlarda yaxshiroq samara beradi. Turli darajada shoʻrlangan gidromorf tuproqlarda yaxob shoʻr yuvish vazifasini bajaradi. Yengil va qatlami yupqaroq tuproqlarda yaxob ekish oldidan oʻtkaziladi. Yaʼni yerni ekishga tayyorlashdan oldin sugʻoriladi. Yaxob tekis yerlarda marza olinib, nishabli yerlarda aylanma yoki dandana ariq solib beriladi. Yax
Daraxtlarni zararkunanda hashorotlardan asrashning oddiy usuli

Daraxtlarni zararkunanda hashorotlardan asrashning oddiy usuli

Bogʻdorchilik
Daraxtlarni zararkunanda xashorotlardan asrash uchun qoʻllash mumkin boʻlgan usullardan biri unga tutqich belbogʻ bogʻlashdir. Buning uchun poxol, qop mato yoki qoʻyning yungidan foydalanish mumkin. Bu jarayonda tutqich belbogʻni daraxtning yerdan 20-30 sm yuqori tanasiga bogʻlanadi. Tutqich belbogʻni kuzda sovuq tushishni boshlagan paytda bogʻlanadi va erta bahorda hashorotlar uygʻonishidan avvalroq yechib olib yoqib yuboriladi. Chunki bu belbogʻ kuzda zararkunanda hashorotlar uchun yaxshigina qishlash joyi hisoblanadi va juda koʻp zararkunandalar yigʻiladi. Lekin erta bahorda ularni yigʻib yoqib yuborishni esdan chiqarmaslik kerak, aks holda bu ish zararga ishlaydi, yaʼni zararkunanda qurt-qumursqalarning qishlashi uchun qulay sharoit yaratilgan boʻladi. Tutqich belbogʻdan quydagic
Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirish mumkinmi?

Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirish mumkinmi?

Bogʻdorchilik
Barg oʻsimlikni oʻsib-rivojlanish jarayonida muhim oʻrin tutuvchi fotosintez asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bugʻlatuvchi va nafas olish jarayonini taʼminlovchi vegetativ organi hisoblanadi. Shuning uchun oʻsimliklarni bargi orqali ham oziqlantirish mumkin. Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirish tuproqqa mikrooʻgʻitlar berilgandagiga va urugʻlikni ekish oldidan ekishdagiga nisbatan kam samara beradi, lekin turli rivojlanish fazalarida oʻsimlikka taʼsir koʻrsatishi mumkin. Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirishda urugʻlarni ekish oldidan namlashdagi konsentratsiya miqdoridagi eritma va yer ustki purkagichlardan foydalaniladi. Ekinlarni bu xildagi oziqlantirishning eng muvofiq muddati oʻsimlikni gullay boshlash davri, kartoshka uchun esa shonalash fazalari hisoblanad
Bogʻlarni sugʻorish usullari haqida bilasizmi?

Bogʻlarni sugʻorish usullari haqida bilasizmi?

Bogʻdorchilik
Dala maydonlarini sugʻorishni toʻgʻri tashkil qilish – ekin maydonini toʻgʻri tanlash, toʻgʻri ishlov berish, oʻgʻitlash kabi ishlardan ham muhimroq sanaladi. Bogʻlarni sugʻorishda Oʻzbekistonda asosan 4 usul qoʻllaniladi. Bular: qatorlab (jildiratib) sugʻorish, hovuzcha shaklida sugʻorish, pol olib sugʻorish hamda yoppasiga sugʻorishdir. Sugʻorishda daraxtlarning suvga boʻlgan talabini aniqlash va qaysi usulda sugʻorish yaxshi samara berishini oʻrganib chiqish kerak. “Pol olib sugʻorish” da 6-12 soat davomida daraxtdan 1-3 m naridan 30 sm chuqurlikda yerni xaydab suv qoʻyiladi. Pol olib sugʻorish faqatgina tekis maydonlar uchun mos kelib, shoʻr yuvishda qoʻllaniladi. Keyingi usul – “Hovuzcha shaklida sugʻorish”. Bunda daraxt atrofini aylantirib hovuzcha olinadi va bir oz kovlab ula
Mikrooʻgʻit nima va u qanday qoʻllaniladi?

Mikrooʻgʻit nima va u qanday qoʻllaniladi?

Bogʻdorchilik
Mikrooʻgʻitlar – tarkibida oʻsimliklar uchun zarur mikroelementlar (bor, mis, kobalt, rux, molibden, marganets va boshqalar) boʻlgan oʻgʻitlar. Mikrooʻgʻitlar asosiy oʻgʻitlar (azotli, fosforli va kaliyli) bilan birga oʻsimliklarning sogʻlom oʻsishi va hosildorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqda oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan mikroelementlar yetishmagan hollarda qoʻllaniladi. Bulardan tashqari, tarkibida bir necha mikroelementi boʻlgan polimikrooʻgʻitlar ham ishlatiladi. Bor, marganets, rux qoʻshilgan superfosfatlar, nitrofoskalar, molibden va bor qoʻshilgan fosforkaliyli oʻgʻitlar, mis, rux va boshqa mikroelementlar qoʻshilgan har xil aralash oʻgʻitlar makro va mikroelementlarning eng samarali aralashmasi hisoblanadi. Mikrooʻgʻitlar sugʻoriladigan zonalarda ekinlarga